Millatchilikning salbiy oqibatlari
Umuman olganda, millatchilik bir tomondan, boshqa millatlar bilan turli sohalardagi o‘zaro foydali munosabatlardanmahrumqilib, millatningma’naviy qashshoqlashuviga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jiddiy kelishmovchiliklarga zamin yaratadi. Millatchilik tuyg‘ulari butun millatni qamrab olgan va davlat tuzilmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hollarda esa umillatlararomunosabatlarning tarang holatda saqlanishiga, o‘zaro ishonchsizlik tuyg‘ularining ildiz otishiga, mavjud muammolarni hal etishning cho‘zilib ketishiga va doimiy beqarorlik holatining saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Millatchilik—shaxs yoki etnos ongining o‘ziga xos holati va ijtimoiy-ruhiy jihatdan yo‘naltirilgan oqim. Ana shu omillar zaminida millatchilik nazariyasi, mafkurasi va amaliyoti vujudga keladi. SHuning uchun har birmuayyan holatdamillatchilik to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, gap maishiy turmushdagi millatchilik yoki millatchilik mafkurasi to‘g‘risida borayotganini farqlash lozim. Maishiy turmushdagi millatchilik millat paydo bo‘lganidan buyon SHarqda ham, G‘arbda ham mavjud. Millatchilik mafkurasining mohiyatini o‘z millatining boshqa millatlardan ustunligini e’tirof etish va targ‘ib qilish tashkil etadi. SHuning uchun bosqinchilarmillatchiligi bilanmazlumlarmillatchiliginifarqlash lozim. Mustamlakachilar va bosqinchilar millatchiligi boshqa xalqlarni asoratga solish uchun xizmat qilsa, mazlum xalqlar millatchiligi ularni ozodlikka olib chiqish uchun yo‘naltiriladi. Millatchilik ekspansionizm, izolyasionizm, shovinizm, natsizm ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi mumkin. Millatchilik bir mamlakat doirasida turli qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi, xalqaro miqyosda esa, turli mamlakatlar xalqlari o‘rtasiga nifoq soladi. Xalqaro qonunchilikka ko‘ra, millatchilik inson huquqlarini cheklash va siyosiyjinoyatsifatida baholanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Wikipedia.org
Dostları ilə paylaş: |