Milliy g‘oya darslarida axborot va innovatsion texnologiyalar reja



Yüklə 69,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix13.12.2023
ölçüsü69,16 Kb.
#174359
1   2   3
Milliy g‘oya targ‘ibotida innovatsion texnologiyalar

 “Texnologiya”
tushunchasini - insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-ket o‘zaro
bog‘liq muolaja va amallar tizimiga taqsimlash orqali kafolatli natijalarga erishish maqsadida 
amalga oshiriladigan usullar, vositalar, yo‘nalishlardan iborat ekanini ta’kidladik. Hozirgi vaqtda 
jamiyat miqyosida ishlab chiqarilgan va foydalaniladigan texnologiyalarni ijtimoiy hayot sohalari 
bilan bog‘liq holda bir nechta turga bo‘lish mumkin: 1) sanoat sohasidagi texnologiyalar; 2) 
ijtimoiy sohadagi texnologiyalar; 3) iqtisodiy texnologiyalar; 4) siyosiy texnologiyalar; 5) g‘oyaviy-
mafkuraviy texnologiyalar v.h. 
Milliy-madaniy an’analarimiz, tarixiy taraqqiyot davomida erishgan va erishayotgan yutuqlarimizni
asrab-avaylash, mustaqilligimizni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga, millatga hurmat ruhida 
tarbiyalash - bugungi kunda milliy g‘oyani targ‘ib qilishning eng asosiy maqsadlaridandir. Milliy 
g‘oyaning targ‘iboti quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali: 

avvalo milliy g‘oya targ‘iboti bo‘yicha kompleks dastur yaratish; 

milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari mazmun-mohiyatini ochib berish orqali uni takomillashtirish;

milliy g‘oya targ‘ibotida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish; 

milliy g‘oya targ‘ibotining ta’lim tizimidagi faoliyatini takomillashtirish, uni rivojlantirish yo‘llarini
belgilab berish; 

milliy g‘oya targ‘ibotida interfaol usullardan foydalanish orqali uni ommalashtirish va bosqichma-
bosqich singdirib borish; 

aholi keng qatlami orasida targ‘ibot olib borishdan iboratdir. 
Targ‘ibot texnologiyalari bugungi kunda targ‘ib etish yangiliklarini, ta’limiy jarayonlardagi 
mustaqillikni ta’minlab berishi bilan ham ajaralib turishi lozim. Avvallari hukmronlik qilib kelgan 
“izohli-tasviriy yondashuv” (ya’ni faqtgina ma’ruza-o‘qitish asosida) texnologiyalari bugun bir 
tomonlama yo‘nalishga ega bo‘lib, samaradorlik darajasi deyarli kamayib bormoqda. Hozirgi 
zamon milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini ham takomillashtirib, uzluksiz yangilab borishni 
taqozo etmoqda. Bu har bir fan sohasi bilan bog‘liq. CHunki, fan sohalari milliy g‘oya maqsadlari 
bilan mushtarak. 
Ta’lim-tarbiyada ham milliy g‘oya negizlariga, tamoyillariga tayanish muhim. Bunda an’anaviy 
yo‘l bilan birga zamonaviy yondashuv o‘rtasidagi nisbat muhim ahamiyatga ega. Milliy g‘oya 
targ‘ibotida zamonaviy usullardan foydalanish deganda, ko‘proq, yangi texnik vositalardan 
foydalanishni, materialni yangicha uslubda etkazib berish, jonli muloqot, savol-javoblar, bahs-
munozara, interfaol usullarni ko‘proq qo‘llash tushuniladi. Bu bir tomonlama emas, ko‘p 
tomonlama faolllikni oshiradi. Tinglovchini, eshituvchini fikrlashga, fikrini uyg‘otishga, uning 
jamiyatdagi o‘rnini his etishga, ongi va tafakkurining o‘zgarib borishiga undaydi. Bugun milliy 
g‘oya targ‘ibot texnologiyalarining samaradorligini oshirishning yo‘llari sifatida avvalo 
quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin: 

birinchidan, targ‘ibot texnologiyalarining mohiyatini, mazmunini, shuningdek uni ta’limdagi 
foydali jihatlarini ko‘rsatib berish; 

ikkinchidan, avvalgi “izohli-tasviriy yondashuv” (ya’ni faqatgina ma’ruza-o‘qitish asosida) 
tizimdan voz kechgan holda, endi jarayon yoki mavzuga ikkinchi tomonning ham munosabatlari 
tizimini shakllantirish (buni aynan targ‘ibot texnologiyalari amalga oshiradi) targ‘ibot 
texnologiyalari vositalari rolini yanada takomilashtirish, axborot aniqligi va tezligini ta’minlab 
berish, shu asosda bugun milliy g‘oya targ‘ibotini yo‘naltirish zarur.Inson-murakkab mavjudot. U 
axborotlarni, jarayonlarni turli xil tarzda qabul qiladi. SHu jihatdan olganda, milliy g‘oya 
targ‘ibotida ham bugun uni qabul qilish darajasi va yo‘nalishlariga qarab bir qancha targ‘ibot 
texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ulardan eng ko‘p qo‘llanilayotgani bu - “jamoatchilik bilan 
aloqalar” texnologiya sidir. Uning qisqacha mohiyati-jamiyat manfaatlari yo‘lida davlat boshqaruvi 


organlari hamda jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‘rtasida muloqot o‘rnatish san’atidir. Avvalo bu 
texnologiyani qo‘llashning va uni qabul qilishning mohiyati unga berilgan quyidagi sifatlari darajasi
bilan bog‘liq: 

aniq maqsadning qo‘yilganligi; 

sharoitga ijodiy moslashuvchanlik; 

nazariy va uslubiy jihatdan puxtalik; 

ortiqcha murakkablashtirishdan xolilik; 

qo‘llashda qulaylik. 
Milliy g‘oya – millatni birlashtiruvchi bamisoli bir bayroq, uni jamiyatning har bir a’zosi uchun 
ahamiyati “g‘oyalar” kurashi avj olayotgan bugungi zamonda yanada ortadi. Davlat mavjudligining 
asosiy omillaridan biri uni faoliyatining amaliy va nazariy isbotlangan, milliy an’nalari, tarixi, 
milliy merosi bilan sug‘orilgan g‘oyalariga, mafkurasiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Bugungi 
kunda davlatlarni qaram qilishning bir qancha usullari mavjud bo‘lsada, (asosan iqtisodiy - kapital 
kiritish yo‘li bilan) ammo bunday xavflarni oldini olish mumkin, ammo “yot g‘oyalar”ning xavfini 
qaytarish uchun avvalo davlat o‘zaro hamjihatlik, birdamlik, vatanparvarlik ruhidagi qarashlarga, 
aynan milliy g‘oyasiga ega bo‘lishi etakchi mazmun kasb etadi. Bugun ana shunday milliy g‘oyaga,
ajdodlarimiz orzu qilgan mustaqillik shukuhi bilan qurollangan milliy mafkuramizga ega bo‘ldik. 
Endigi galdagi asosiy vazifa-uni aholining keng qatlamlari orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini 
amalga oshirishdan iboratdir. Bunda albatta milliy g‘oya targ‘iboti sub’ektlarining rolini yanada 
oshirish, ularning har biri uchun o‘rnatilgan maqsad va shu asosdagi vazifalarni belgilab olish 
maqsadga muvofiqdir. SHuningdek, milliy g‘oya targ‘ibotining ikki asosiy belgilariga, xususan, 
bosqichma-bosqichlik tamoyillariga amal qilish asosida milliy g‘oya targ‘iboti ob’ektlarini, uning 
xususiyatlarini (yosh, faoliyat, yo‘nalish, xohish-istaklarni) hisobga olish bilan bog‘liq bo‘lsa, 
ikkinchi asosiy jihati milliy g‘oya targ‘ibotining uzluksizligi bilan bevosita bog‘liqdir. Milliy g‘oya 
targ‘ibotining o‘zak qismini tashkil qiladigan aynan shu ikki jihat insonlarning milliy g‘oyani 
doimo his qiladigan, uni hayotining manbai va faoliyatining asosiga aylanishini ta’minlaydigan 
muhim omil hisoblanadi. Bu jarayonni ta’minlashda avvalo oila, ommaviy axborot vositalari, 
mahalla va asosiysi jamiyatning birdamlikdagi va hamkorlikdagi faoliyati etakchi mazmun kasb 
etadi. Bu milliy g‘oya targ‘iboti sub’ektlarining har birining o‘ziga xos bo‘lgan dasturi va tajribalari
bor bo‘lib, uni amalda qo‘llash orqali milliy g‘oya targ‘ibotini takomillashtirib boradilar. Milliy 
g‘oya targ‘ibotining asosiy maqsadi ham insonlarni boshqa yot g‘oya va mafkuralar “ta’siriga” 
tushib qolmasligini, o‘ziga xos ravishda ular bilan kurashish qudratiga ega bo‘lgan immunitetni 
shakllantirishga qaratilgandir. Aynan milliy g‘oyani hayotining mazmuni va maqsadi bilan 
bog‘lagan shaxsgina bugungi istiqlolning qadriga etadi va uni himoya qilishni o‘zining ma’suliyati 
deb his qiladi. Zero, “... hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo‘lsa-da, 
tuli xil maqsad-manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuraviy tortishuvlar to‘xtagani yo‘q. Ochiq aytish 
kerakki, bu tortishuvlardan ko‘zlangan maqsad- inson, avvalambor, yoshlar qalbini egallash, 
muayyan mamlakat yoki xalqning ongiga, uning sezgi- tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazish,uni o‘z 
dunyoqarashiga bo‘ysundirish ,ma’naviy jihatdan zaif va tobe qilish. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi
esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham ko‘ra dahshatlidir”
2




Yüklə 69,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin