Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi talabalarining malakaviy amaliyotga chiqishlari munosabati bilan tashkil qilingan konferensiya B A Y O N N O M A S I 7-may 2022-yil Buxoro shahri Qatnashdilar: Tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti dekani D.Tosheva, dekan muovinlari S.Hamroyev, B.Rajabov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Sharipov kafedra o’qituvchilari D.Tog’ayeva, M.Shokirov, B.O’razov, Sh.Murtazoyev, milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi tyutori O.Boboqulov, 145 nafar kafedra talabalari
Tashkilotchilar:“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudir A.Sharipov, kafedra o’qituv-chilari B.O’razov, Sh.Murtazoyev
Konferensiyani Tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti dekani Dildora Abdumali-kovna Tosheva ochib berdilar. D.A.Tosheva o’z nutqlari davomida amaliyotchi talabalarning o’z ishlariga mas’uliyatli yondashishlarini, o’z sohasining mutaxas-sislaridan kerakli tajribalar to’plashlarini aytib o’tdilar.
Konferensiyada nutq so’zlagan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Sharipov Ab-duhakim amaliyotchi talabalarning biriktirilgan o’qituvchilar bilan tanishtirdilar. Amaliyot davomida talabalarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari haqida aytib o’tdilar.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchilari Shokirov Mubin, Tog’ayeva Dilnavoz, O’razov Bobir malakaviy amaliyot maqsadi, amaliyot o’qituvchisining vazifalari, amaliyotchi talabaning majburiyatlari, amaliyotchi talabalarning hujjatlar bilan ish-lash tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so’ng amaliyot o’qituvchilari bilan tanishtirildi va amaliyot otish joylari belgilandi. 1-1MIG’-21 guruhi uchun O’razov Bobir Baxtiyorovich, 1-2,1-3MIG’-21 guruhlari uchun Murtazoyev Sha-hobiddin Bahriddinovich amaliyot o’qituvchi etib belgilandi.