O`zlikni anglash intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o`zgarishlar.
Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
80-yilllar oxirida respublika ijtimoiy hayotidda jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. O‘zbek xalqining dilidagi g‘oya mustaqillik g‘oyasi edi, xalq ana shu g‘oyani ko‘tardi.
Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan markazdan yuborilgan kishilar, ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Tarix taqozosi bilan elim yurtim deb yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoyi insonning O‘zbekistonnning birinchi rahbari lavozimini egallashi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi.
I. Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili moqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktabrda Respublika Oliy Kengashi O‘zbekistonning davlat tili haqida qonun qabul qildi. Qonunning 1-moddasining 1-qismida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, deb yozib qo‘yildi. Shunday qilib, o‘zbek tili davlat tili maqomini oldi. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida o‘zbek tili to‘la amal qilishi qonunlashtirildi. “Respublika Oliy Sovetining sessiyasida O‘zbekiston SSRning Davlat tili to‘g‘risidagi qonunining qabul qilinishi respublika hayotida muhim tarixiy voqeadir”1, dedi I. Karimov.
Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi. Respublika rahbar kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo‘yish ishini o‘z tasavvufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari tashlagan navbatdagi qadami edi.
90 - yillarning boshlariga kelib O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo‘lib qoldi.
SSSR hukumati inqiroziy holatdan chiqishining yo‘lini topa olmay qoldi. 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh Respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro‘si pasayib ketdi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy axvoldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomonlasha boshladi.
1990 yillarga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini paymon qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsata boshladi.
O‘zbekiston rahbariyati respublika xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazishning o‘ziga xos yo‘lini mustaqil tarzda o‘zi belgilay boshladi. Unga binon, SSSR markaziy idoralaridan farqli o‘laroq, O‘zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy severeniteti qo‘lga kiritish uchun amaliy harakat qila boshladi.
Masalan, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti 1989 yil 25 noyabrda bo‘lgan sessiyasida “O‘zbekiston SSR ni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990 yilgi Davlat plani to‘g‘risida” gi masalani muhokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi.
1990 yil 24 martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Makaziy Komitetining Plenumida O‘zbekiston SSR ning siyosiy suvereniteti masalasiga jiddiy e’tibor berildi. Unda nutq so‘zlagan I. Karimov “eng muhimi shundan iboratki, Prezident institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildiradi”2, deb ta’kidladi.
1990 yil 24 martdagi O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasida O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta’sis etishsh to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiyada yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialislistik Respublikasining Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekiston Prezident lavozimining ta’sis etilishi mustaqillik uchun kurashidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Respublikaning birinchi Prezidenti I.A.Karimov Prezident vazifasiga to‘xtalib, bunday dedi: “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti sifatida o‘zimning asosiy vazifalarimni nimalardan iborat deb bilaman?
1. O‘zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish...
2. Prezident boshqaruvining muhim vazifalaridan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o‘zini o‘zi idora qilishga va o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashga o‘tishini ta’minlashdir...
3. Mehnatkashlarning, aholining hamma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur’atlar bilan rivojlantirish respublikaning davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, shaxsan mendan, O‘zbekiston SSR Prezidentidan doimiy e’tibor talab qiladigan vazifadir...
4. Prezident faoliyatining, respublika partiya, sovet, davlat tashkilotlarining muhim vazifa laridan biri xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonning axloqiy va jismoniy takomilidir...
5. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni faqat demokratiyani, huquqqa asoslangan davlat qurilishini rivojlantirib, tartib va intizomni mustahkamlab va nihoyat, respublikaning milliy ijtimoiy taraqqiyoti yo‘lida barcha sog‘lom kuchlarni birlashtiribgina hal qilish mumkin...”3 O‘zbekiston mustaqilligi uchun tashlangan navbatdagi qadam - O‘zbekiston Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik deklaratsiyasidir. Mustaqillik deklaratsiyasining kirish qismida quyidagilar yozib qo‘yildi:
“O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti:
– o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari,
– har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi,
– har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda,
– O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda,
– xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib,
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi”4.
Shu kundan boshlab Respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda xal qilina bordi.
O‘zbekiston rahbariyati va xalqning O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O‘zbekiston xalqning mutloq ko‘pchiligada O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch-g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.