MILLIY G‘OYA TARG‘IBOTIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIK USLUBLAR Kishilik jamiyati, insonlar kundalik hayotida va faoliyatida doimo rivojlanib, takomillashib, yangilanib boradigan muayyan qarashlarni, maqsadli e`tiqodni ifodalovchi g`oyalarga-maqsadga tayanib ish ko`radi. Bu muayyan ijtimoiy g`oyalar, ta`limotlar orqali ham ifodalanadi. Zero, kishilik jamiyati asrlar davomida qaror topgan ma`naviy hayot dunyoqarash negizida shakllangan g`oya va mafkuraga tayanib, hayot kechirib kelmoqda. Jamiyatlar hayoti muayyan g`oya va mafkuralar bilan uzviy bog`liq holda rivojlanib kelgan. G`oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga ta`siri ham har xil bo`lgan. Masalan, ezgu, bunyodkor g`oyalarni targ`ib etish jamiyatning rivojiga ijobiy ta`sir ko`rsatgan bo`lsa, yovuz va tajovuzkor g`oyalarni targ`ib etish esa aksincha salbiy ta`sir ko`rsatgan.
Umuman, “g`oya va mafkura” hamda u bilan bog`liq “g`oya va mafkura texnologiyalari” tushunchalarini keng ma`noga ega ekanligini hisobga olish maqsadga muvofiq. “Milliy g`oya” tushunchasi va “Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari” undan farq qiladi. U, faqat O`zbekiston jamiyati hayoti bilan bilan bog`liq holda uning milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog`liq negizlarini o`zida ifoda etadi. Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari ham O`zbekiston xalqining ezgu maqsadari va manfaatlarini ifoda etadigan g`oyani keng jamoatchilikka etkazish yo`llari, vositalari, shakl va usullarini majmuini o`z ichiga oladi.
“...Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa, avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak”1.
Milliy g`oya va targ`ibot texnologiyasi tushunchasi. Quyida mazkur fanni o`qitish jarayoni targ`iboti texnologiyalarining nazariy va amaliy jihatlari, predmeti maqsadi va vazifalari xususida so`z boradi. “Milliy g`oya targ`iboti texnologiyasi” atamasining paydo bo`lishi tasodifiy emas. Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalalarda tub islohotlar o`tkazildi. Bu islohotlarning zamirida avvalo, ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi o`zgarishlarni ta`kidlab o`tish joiz.
Bugun davr o`zgardi, ayniqsa, zamonaviy mutaxassisga talablar davlat ta`lim standartlari doirasida kuchaytirildi: mustaqil bilimlarni to`ldiruvchi shaxs bo`lish, mustaqil fikr yuritish kabilar shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi.
Bundan o`qitish holatiga tegishli qator holatlar kelib chiqadi, chunonchi, mustaqil ta`lim salohiyati kuchaydi, yakka tartibda o`qitishga ehtiyoj sezilyapti, uning metodologik ahamiyati oshmoqda, ijodiy tafkakkurni shakllantirishga jiddiy e`tibor qaratilmoqda. Xo`sh, ta`limda izohli-tasvirli-yondashuv o`qitish texnologik yondashuvga o`z o`rnini bo`shatib berayotgani, ya`ni o`qitish jarayonini texnologiyalashtirish XXI asrda ustuvorlik kasb etayotgani sababi nimada?
Birinchidan, an`naviy o`qitish yozma og`zaki so`zlarga tayanib ish ko`radi hamda “axborotli o`qitish” sifatida tavsiflanadi. Bunda o`qituvchi nafaqat talaba-yoshlarning o`quv-bilish faoliyatini boshqaruvchisiga, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligi xavfli holatdir.
Ikkinchidan, axborotlar hajmining ko`payib borishi, ulardan foydalanish uchun vaqtning cheklanganligi hamda ularni saralash va tizimlashtirishning birmuncha murakkabligi va yangicha yondashuvlarni taqozo etadi.
Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o`quv ob’ektlariga aylanish o`qituvchining an`anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo`llashga ehtiyojni tug`dirmoqda.
Bu jarayonlarni amalga oshirishning asosiy yo`llaridan biri-milliy g`oyani targ`ib qilish texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. “Texnologiya” tushunchasi, keng ma`noga ega. U insonning aniq, murakkab jarayonni kema-ket o`zaro bog`liq muolaja va amallar tizimiga taqsimlash orqali kafolatli natijalarga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar, vositalar, yo`nalishlar tushuniladi. Shu bilan birga “texnologiya” tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jamoatchilik ongiga mustahkam o`rnashdi hamda ilmiy va amaliy tafakkurning o`ziga xos yo`nalishi bo`lib qoladi.
Uning regulyativ ta`siri shundaki, u tadqiqotchi va amaliyotchilarni insoniy faoliyatning barcha jabhalariga, jumladan, ta`lim sohasiga ham undaydi:
fan va tajribalarning so`nggi yutuqlaridan talab qilingan natijalarni olishni kafolatlash uchun safarbar qilish;
faoliyatni intensiv, ya`ni yuqori ilmiy asosda qurish (aksincha, kuch vaqt va resurslarni bekorga sarflashga olib keladigan ekstensiv asosda emas);
faoliyatni mumkin bo`lgan tuzatish muolajalari sonini kamaytirish maqsadida bashoratlash va loyihalashga asosiy e`tibor qaratish;
yangi informatsion vositalardan foydalanish, eskirgan amallarni avtomatlashtirish.
Boshqacha qilib aytganda, texnologiyalanuvchanlik inson faoliyatining etakchi tavsifi bo`lib qoldi, u ta`limiy jarayonlarning samaradorligini, maqbulligini, yuqori ilmiyligini yangi sifat darajasiga ko`tarishni anglatadi.
Texnologiya- zamonaviy ilmiy- amaliy tafakkur usuli, degan xulosaga kelish mumkin. U faoliyatni tubdan takomillashtirishga, uning natijaviyligini, tezkorligini texnikaviy qurollanganligini oshirishga oid amaliy tadqiqotlar yo`nalishini aks ettiradi. Texnologiya-predmetli sohaning ob’ektiv qonunlarini yuqori o`lchovda aks ettiradigan va shu boisdan muayyan sharoit uchun natijalarning o`rnatilgan maqsadlarga mos kelishini ta`minlaydigan faoliyatdir.
Shunday qilib, “texnologiya” deganda insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-ketli o`zaro bog`liq muolaja va amallar tizimiga taqsimlash yo`li bilan kafolatli natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar tushuniladi. Bunda muolaja sifatida jambuljam harakatlar qabul qilinadi, u yordamida bosh jarayon (yoki uning alohida bosqichi) bajariladi, amal esa bu muolaja doirasidagi masalalalarning bevosita amaliy echimi, ya`ni muayyan jarayonning bir jinsli mantiqiy ajralmas qismi hisoblanadi.
Texnologiya (jarayon sifatida) uchta qoida bilan tavsiflanadi:
jarayonni o`zaro bog`liq bosqichlarga taqsimlash;
izlanayotgan natijaga (belgilangan maqsad) erishishga qaratilgan harakatlarni izchil va bosqichma-bosqich bajarish;
qo`yilgan maqsadga mos natijaga erishishning zaruriy sharti hisoblangan texnologik muolaja va amallarning bajarishning alohida ahamiyat kasb etishi bilan bog`liq.
Bu jarayonlarni amalga oshirishning asosiy yo`llaridan biri-milliy g`oyani targ`ib qilish texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. “Texnologiya” tushunchasi, keng ma`noga ega. U insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-ket o`zaro bog`liq muolija va amallar tizimiga taqsimlash orqali kafolatli natijalarga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar, vositalar, yo`nalishlar tushuniladi. Hozirgi vaqtda jamiyat miqyosida ishlab chiqarilgan va foydalaniladigan texnologiyalarni ijtimoiy hayot sohalari bilan bog`liq holda bir nechta turga bo`lish mumkin: 1) sanoat sohasidagi texnologiyalar; 2) ijtimoiy sohadagi texnologiyalar; 3) iqtisodiy texnologiyalar; 4) siyosiy texnologiyalar; 5) g`oyaviy-mafkuraviy texnologiyalar v.h.
Shu bilan birga, bu bo`linish mutloq emas albatta. Sanoat texnologiyasiga tabiiy xom ashyoga (neft’, gaz va hak.) ishlov berish yoki ulardan tayyor mahsulot (metall prokat, alohida detal’ va uzellar va hak.) olish texnologiyalari nazarda tutiladi.
Ijtimoiy soha bilan bog`liq texnologiyada inson hayoti, unga xizmat ko`rsatishini yaxshilashga qaratilgan sohalar hisoblanadi. Ijtimoiy texnologiyalarning afzal jihatlaridan biri uni har qanday yangilikka moslasha oladi: ular texnologik jarayonni tashkil etadigan alohida yondashuv va amallardagi kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan bo`ladi. Masalan sotsial xizmat ko`rsatish tibbiyot sohasida aholiga zamonaviy xizmat ko`rsatishni nazarda tutadi.
Milliy g`oya targ`iboti texnologiyasining predmetini amalga oshirilayotgan mafkuraviy jarayonlar, an`nalarimiz, tariximizni tiklashga doir harakatlar, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar milliy g`oya targ`ibotiga xos bo`lgan amaliy-nazariy munosabatlar tizimini o`zida ifoda etadigan qonuniyatlarni o`rganish tashkil qiladi.
Milliy-madaniy an`analarimiz, tarixiy taraqqiyot davomida erishgan va erishayotgan yutuqlarimizni asrab-avaylash, mustaqilligimizni mustahkamlash, yoshlar ongiga Vatanga, millatga hurmat ruhida tarbiyalash - bugungi kunda milliy g`oyani targ`ib qilishning eng asosiy maqsadlaridandir. Milliy g`oyaning targ`iboti quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
avvalo milliy g`oya targ`iboti bo`yicha kompleks dastur yaratish;
milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari mazmun mohiyatini ochib berish orqali uni takomillashtirish;
milliy g`oya targ`ibotida yangi pedogogik texnologiyalardan unumli foydalanish;
milliy g`oya targ`iboti ta`lim tizimidagi faoliyatini takomillashtirish, uni rivojlantirish yo`llarini belgilab berish;
milliy g`oya targ`ibotida interfaol usullardan foydalanish orqali uni ommalashtirish va bosqichma-bosqich singdirib borishdan iboratdir;
aholi keng qatlami orasida targ`ibot olib berishdan iborat.
Bugungi kunda milliy g`oyani fanlarning keng aholi ongiga singdirishning ko`pgina texnologiyalari mavjud. Texnologiyalar ma`lum maqsadlarni (ya`ni biror bir fan oldiga qo`ygan) amalga oshirish uchun xizmat qiladi. U bugun jamiyatning barcha sohalarida o`zining muhim o`rniga ega bo`lib bormoqda Ilmiy adabiyotlarda boshqaruv, pedogogik, informatsion intellektual texnologiyalar keng tavsiflangan. Ular o`zlari tegishli bo`lgan sohalardagi maqsadlarga erishishning asosiy tamoyillarini o`z ichiga oladi va asosiy maqsad sifatida faoliyat ko`rsatadi. Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalaridan avvalo, ta`lim tizimida keng qo`llash orqali ommalashtirish yo`li bugun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uni ta`lim bosqichlari orqali keng jamoat ongiga singdirish avvalo, ta`lim tizimi bilan uzviy bog`liq holda amalga oshirilishi ayni maqsadga muvofiqdir. Bugungi kundagi islohotlarimizni chuqurlashtirish va uni takomillashtirib borish, jamiyatining barcha sohasida o`zgarishlarni keyingi avlodga etkazib berishning asosiy yo`llaridan biri sifatida ham milliy g`oyani yangi fan texnologiyalari asosida targ`ib qilish, uni bosqichma-bosqich asosida amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Milliy g`oya targ`ibotida asosiy texnologiyalardan biri bu-pedogogik texnologiya hisoblanadi. “Milliy g`oya” fanini o`qitish bo`yicha to`plangan tajribalar shuni ko`rsatadiki, ilgari Sobiq ittifoq davrida amalda bo`lgan mafkuraviy tamoyillar, mashg`ulotlar olib borish usulidan endi butunlay voz kechish lozim. Demak, zamonaviy tafakkur metodologiyasi, ilg`or pedogogik usullardan foydalanish zarurligini mohiyati ham ana shu erda. Bunday mazmundagi texnologiyalardan biri “O`qitish texnologiyasi” bo`lib, ushbu tushuncha ilk bor 1970 yilda YuNESKO konfrentsiyasida yangradi. Shu tashkilot tomonidan nashr qilingan “Yashash uchun o`qish” nomli ma`ruzasida yuqoridagi atama ta`lim jarayonini modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuch sifatida aniqlandi. “Qanday o`qitish kerak” nomli ma`ruzada birinchi marta unga ta`rif berildi. Unda o`qitish texnologiyasini birinchi marta informatsion inqilob natijasida paydo bo`lgan va didaktikada foydalaniladigan inson o`rtasida aloqa (muloqot) usul va vositalari yig`indisi sifatida tavsiflanadi. Pedogogik texnologiyalarini ichida eng ko`p tarqalgani bu – “ta`limiy texnologiya”, “pedogogik texnologiya”, “tarbiya texnologiyasi”, “rivojlantirish texnologiyalari” hisoblanadi. Ular o`z navbatida maxsus yo`nalishlari asosida milliy g`oyani targ`ib qilishda alohida o`rin tutadi. Bundan tashqari, asosiy vosita sifatida bugungi “to`rtinchi hokimiyat” sifatida baholanayotgan ommaviy axborot vositalari asosiy mezonni tashkil qiladi. Ommaviy axborot vositalari keng va doimiy ravishda milliy g`oyani targ`ib qilishning asosiy vositasi, shuningdek, ma`lumotlarni aniq va tezkor ravishda ta`minlab berish uchun ham ma`suldir. Jamiyatimizni asosiy g`oyasi hisoblanmish-milliy g`oyani targ`ib qilishning asosiy yo`nalishlaridan biri uni tan olingan va tushunarli, hammabop texnologiyalar asosida amalga oshirish bugun uni yanada muhim jihatlarini ochib berishda alohida ahamiyat kasb etadi. Avvalo yangi pedogogik texnologiyalarni, xususan, o`qitish texnologiyasi bugun milliy g`oya takomilida alohida nisbatga egadir. Uning o`zi o`z navbatida, ham an`anaviy nazariyalarni, shuningdek, modernizatsiya jarayonlarida o`zida sayqallashtirib boradi. Ma`lumki, pedogogika qonuniyatida fanni ma`lum andozalar va qa`tiy me`yor asosida rivojlantirilmaydi. U doimo yangiliklarni o`zida mujassam etib boradi. Boshqacha qilib aytganda, bugungi kunda milliy g`oya targ`ibotida yuqorida ko`rsatib berilgan texnologiyalarning bugungi kundagi asosiy vazifasi-uni targ`iboti darajasini oshirish yo`llarini ko`rsatib berish, uning natijaviyligini, tezkorligini, texnikaviy qurollanganligini oshirishning amaliy tadqiqotlar yo`nalishini belgilab berishga qaratilgandir. Milliy g`oya targ`iboti bu-uzoq davom etadigan jarayon bo`lib, uning samaradorligini oshirish, avvalo, targ`ibot texnologiyalariga bog`liq. Aynan shu turdagi texnologiyalari milliy g`oyani aholi ongiga singdirish, tushuntirish va avvalo mohiyatini ochib berishda etakchi ahamiyat kasb etadi.
Targ`ibot texnologiyalari bugungi kunda targ`ib etish yangiliklarini, ta`limiy jarayonlardagi mustaqillikni ta`minlab berishi bilan ham ajaralib turishi lozim. Avvallari hukmronlik qilib kelgan “izohli-tasviriy yondashuv” (ya`ni faqatgina ma`ruza-o`qitish asosida) texnologiyalari bugun bir tomonlama yo`nalishga ega bo`lib, samaradorlik darajasi deyarli kamayib bormoqda. Hozirgi zamon milliy g`oya targ`iboti texnologiyalarini ham takomillashtirib, uzluksiz yangilab borishni taqozo etmoqda. Bu har bir fan sohasi bilan bog`liq. Chunki, fan sohalari milliy g`oya maqsadlari bilan mushtarak.
Ta`lim-tarbiyada ham milliy g`oya negizlariga, tamoyillariga tayanish muhim. Bunda an`anaviy yo`l bilan birga zamonaviy yondashuv o`rtasidagi nisbiy muhim ahamiyatga ega milliy g`oya targ`ibotida zamonaviy usullardan foydalanish deganda, ko`proq, yangi texnik vositalardan foydalanishni, materialni yangicha uslubda etkazib berish, jonli muloqot, savol-javoblar, bahs-munozara, interfaol usullarni ko`proq qo`llash tushuniladi. Bu bir tomonlama emas, ko`p tomonlama faolllikni oshiradi. Tinglovchini, eshituvchini fikrlashga, fikrini uyg`otishga, uning jamiyatdagi o`rnini his etishga, ong va tafakkurning o`zgarib borishiga undaydi. Bugun milliy g`oya targ`ibot texnologiyalarining samaradorligini oshirishning yo`llari sifatida avvalo quyidagilarni ko`rsatib o`tishimiz mumkin:
- birinchidan, targ`ibot texnologiyalarni mohiyatini, mazmunini, shuningdek uni ta`limdagi foydali jihatlarini ko`rsatib berish;
- ikkinchidan, avvalgi “izohli-tasviriy yondashuv” (ya`ni faqatgina ma`ruza-o`qitish asosida) tizimdan voz kechgan holda, endi jarayon yoki mavzuga ikkinchi tomonning ham munosabatlari tizimini shakllantirish (buni aynan targ`ibot texnologiyalari amalga oshiradi) targ`ibot texnologiyalari vositalari rolini yanada takomilashtirish, axborot aniqligi va tezligini ta`minlab berish, shu asosda bugun milliy g`oya targ`ibotini yo`naltirish zarur. Inson-murakkab mavjudot. U axborotlarni, jarayonlarni turli xil tarzda qabul qiladi. Shu jihatdan olganda, milliy g`oya targ`ibotida ham bugun uni qabul qilish darajasi va yo`nalishlariga qarab bir qancha targ`ibot texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ulardan eng ko`p qo`llanilayotgani bu - “jamoatchilik bilan aloqalar” texnologiya sidir. Uning qisqacha mohiyati-jamiyat manfaatlari yo`lida davlat boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari, fuqarolar o`rtasida muloqot o`rnatish san`atidir. Avvalo bu texnologiyani qo`llashning va uni qabul qilishning mohiyati unga berilgan quyidagi sifatlari darajasi bilan bog`liq:
aniq maqsadning qo`yilganligi;
sharoitga ijodiy moslashuvchanlik;
nazariy va uslubiy jihatdan puxtalik;
ortiqcha murakkablashtirishdan xolilik;
qo`llashda qulaylik.
Mamlakatimizda yashayotgan barcha xalqlarning asosiy birlashtiruvchi bayrog`i bo`lgan-milliy g`oyani tub mohiyatini tushuntirish, uni qo`llab-quvvatlashlariga erishish, bu jarayonda vujudga keladigan mhammolarni hal qilishda jamoatchilikning fikriga tayanish, milliy g`oyani targ`ib etishda aholining manfaati va istaklarini o`rganish, fuqarolarni yot, zararli mafkura va g`oyalar ta`siridan himoyalash vazifalarini amalga oshirishda bugun “jamoatchilik bilan aloqalar” texnologiyasini o`rni kattadir. Dunyo bugun rivojlanishning yangicha bosqichiga kirdi. Bu davrda taraqqiyot bilan bir o`rinda, 20-asrning mazmunini ochib bergan “qurollanish xavfi” ancha kamaygan bo`lsa-da, ammo mafkuraviy tayziq darajasi ancha o`sib bormoqda. Hatto bugun biz ba`zi bir mamlakatlarni uning ta`siriga tushib borayotganligiga biz guvoh bo`lib turibmiz. (Masalan, Ukraina, Qirg`iziston, Gruziya). Aynan ana shunday xavflarning oldini olish va ularning ta`siriga chidab berish qobiliyatiga ega bo`lgan “qalqon” bu-xalqimizning an`ana va tarixini o`zida mujassam etuvchi, uni kelajakdagi taraqqiyotini belgilab berish uchun xizmat qiladigan milliy g`oyadir. Ammo, milliy g`oyani mavjudligining o`zi etarli, holat emas. Balki uni bir butun holda mazmunini tushunish, qabul qilishlari, uni asrab-avaylashlari uni xalq va davlat manfaati misolida qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
1922 yilda taniqli sotsiolog P.Sorokin buni isboti sifatida shunday deb yozgan edi: “har qanday jamiyatning taqdiri avvalo, uni a`zolari xususiyatiga bog`liq. Befarq va loqayd odamlardan tashkil topgan jamiyat hech qachon rivojlana olmaydi. Bir guruh shaytonlarga ajoyib konstitutsiyani berib qo`ying, baribir siz ulardan ajoyib jamiyat tuza olmaysiz ” deb yozgan edi. Aynan “jamoatchilik bilan aloqalar” texnologiyasi milliy g`oya targ`ibotida jamoat bilan munosabatlar tizimini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedogogik o`qitish texnologiyasi esa uni singdirishda muhim va asosiy dastak vazifasini bajaradi. Milliy g`oyaning asosiy tashuvchisi-yoshlar hisoblanadi. Shuni hisobga olganda, bugun yoshlarning ongiga millliy g`oya maqsadlarini singdirish, ularni an`analarimiz, tariximiz, umume`tirof etilgan demokratik tamoyillar ruhida tarbiyalash bugungi kunda milliy siyosatimizning asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Milliy g`oya targ`ibotining asosiy maqsadi- avvalo, jamiyat barcha a`zolari, shuningdek, yosh avlodni shu g`oyaga ishonch va e`tiqod asosida tarbiyalash, ularni turli “mafkuraviy xavflar”dan himoya qilish, davlat va jamiyat manfaatlarini doimo o`ziga ma`suliyat deb his qiladigan holatda tarbiyalash bugun alohida mazmun kasb etmoqda.
Shaxs va davlat orasidagi munosabatlarning texnologik o`zgarishi natijasida, munosabatlar texnologiyasi takomillashmoqda. Shaxsning mustaqil fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va ma`suliyatni o`z zimmasiga olish kabi jarayonlarning barqaror borish uchun:
inson hayotida turli vaziyatlarga tushib qolganida uning hayot mobaynida to`plagan tajribasi, insoniy fazilatlari etakchi rol o`ynaydi;
yoshlarda muammolar, voqea-hodisalarni real makon va vaqt chegaralarida aniq tasavvur qilish va echimlarini belgilay olishni rivojlantirish;
bir vaqtning o`zida bir qancha muammolar mohiyatini anglash orqali tajribani yangi muammolar echimiga yo`naltirish;
o`zini-o`zi boshqarish, o`z faoliyatini aniq va to`g`ri tashkil qilish qobiliyati, har qanday ishga shaxsan kirisha bilish va uning bajarilishini nazorat qilish kabi shaxsiy xususiyatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga egadir.
Globallashuv jarayonida mafkuraviy kurash o`zining yuqori nuqtasiga chiqayotgan bugungi kunda, mafkuraviy ta`sirlar avvalo, yoshlarning ongini zaharlash va ularni o`z manfaatlari yo`lida foydalanish oqibatlari bizga shuni yana bir bor isbotlamoqdaki, avvalo mana shu qatlam orasida milliy g`oya targ`botini keng ko`lamda yoyish, mohiyati ochib berishga xizmat qiladigan turli debatlar, ta`lim tizimidagi targ`ibot texnologiyasi sifatida asosiy mazmun kasb etuvchi-“ajurli arra” (ya`ni, turli mavzularga nisbatan talabalarning munosabatlarni ikki guruhga bo`lingan ravishda tahlil qilish), “klaster”, ya`ni axborotlarni yoyish, shuningdek, “munozara”, “o`z o`rningni top” ya`ni, agar auditoriyada muayyan mavzu bo`yicha tortishuvlar vujudga kelsa, mazkur metod yordamida muammo yechimi aniqlanadi. Uning mazmuni darsning asosan kirish qismida qo`llaniladi, o`tilayotgan mavzuga nisbatan turli yondashuvlar mavjudligi aytiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan talabalar fikrini bayon qilishi, o`zgartirishga imkon tug`iladi. Nihoyat dars so`nggida o`qituvchi mavzuni o`zlashtirish darajasini baholaydi. Bundan tashqari bugun pedogogik texnologiyaning “Debatlar” usuli kabi interfaol usullaridan keng va ommaviy ravishda ta`lim tizimlarida foydalanish milliy g`oya targ`ibotida etakchi mazmun kasb etadi. “Debatlar” asosida darsni tashkil etishdan asosiy maqsad muammo echimini topishda talaba o`z yondashuvining to`g`riligiga o`zlarini ishontirishdir. O`z fikrini aniq, lo`nda bayon etish, buning uchun to`g`ri dalil va xulosa topish ko`nikmasini shakllantirishda “debatlar” samarali metod hisoblanadi.
Milliy g`oya targ`iboti va tashviqotining asosiy usullaridan biri-“Tanqidiy fikrlash” usuli hisoblanadi. Vazifasi: Demokratik jamiyatda har bir fuqaro o`z muammosini oqilona echish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim. Shu boisdan milliy g`oyani aholi va ayniqsa, yoshlar orasida milliy g`oya targ`ibotini takomillashtirishda ta`lim texnologiyasining o`rni beqiyosdir. Shu boisdan, talabalarni bahs-tortishuv orqali masalaning echimini topishga ko`proq jalb qilish lozim.
Savollarni echishda talabalarda tinglash, muloqot olib borish, turli fikrlarni taqqoslash, o`zgalar fikriga befarq qaramaslik kabi odatlar shakllana boradi, masalani echish va hukm chiqarish, analitik fikrlash qobiliyati rivojlanadi, munozara yuritish, echimlarni to`g`ri topish o`zlashtiriladi.
Milliy g`oya-millatni birlashtiruvchi bamisoli bir bayroq, uni jamiyatning har bir a`zosi uchun ahamiyati davlatlar o`rtasida “g`oyalar” kurashi avj olayotgan bir zamonda yanada ortadi. Davlatning mavjudligining asosiy omillaridan biri uni faoliyatining amaliy va nazariy isbotlangan, milliy an`nalari, tarixi, milliy merosi bilan sug`orilgan g`oyalariga, mafkurasiga ega bo`lishi bilan belgilanadi. Aynan davlatlarni bugungi qaram qilishning bir qancha usullari mavjud bo`lsada, (asosan iqtisodiy, ya`ni kapital kiritish yo`li bilan) ammo bunday xavflarni oldini olish mumkin, ammo “yot g`oyalar”ning xavfini qaytarish uchun avvalo davlatning o`zida hamjihatlik, birdamlik, vatanparvarlik ruhidagi qarashlarga, aynan milliy g`oyasiga ega bo`lishi etakchi mazmun kasb etadi. Bugun ana shunday milliy g`oyaga, ajdodlarimiz orzu qilgan mustaqillik shukuhi bilan qurollangan milliy mafkuramizga ega bo`ldik. endigi galdagi asosiy vazifa-uni aholining keng qatlamlari orasida targ`ibot tashviqot ishlarini amalga oshirishdan iboratdir. Bunda albatta milliy g`oya targ`iboti sub`ektlarining rolini yanada oshirish, ularning har biri uchun belgilangan maqsad va shu asosdagi vazifalarni belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, milliy g`oya targ`ibotining ikki asosiy belgilariga, xususan, bosqichma-bosqichlik tamoyillariga amal qilish asosida milliy g`oya targ`iboti ob`ektlarini xususiyatlarini (yosh, faoliyat, yo`nalish, xohish-istaklarni) hisobga olish bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchi asosiy jihati milliy g`oya targ`ibotining uzluksizligi bilan bevosita bog`liqdir. Aynan shu ikki jihatda milliy g`oya targ`ibotining o`zak qismini tashkil qiladi va insonlarning milliy g`oyani doimo his qiladigan darajadagi hayoti manbai va faoliyatiga aylanishini ta`minlaydi. Bu jarayonni ta`minlashda avvalo oila, ommaviy axborot vositalari, mahalla va asosiysi jamiyatning birdamlikdagi va hamkorlikdagi faoliyati etakchi mazmun kasb etadi. Bu milliy g`oya targ`iboti sub’ektlarining har birining o`ziga xos bo`lgan dasturi va tajribalari bor bo`lib, uning amalda qo`llash orqali milliy g`oya targ`ibotini takomillashtirib beradilar. Milliy g`oya targ`ibotining asosiy maqsadi ham insonlarni boshqa yot g`oya va mafkuralar “ta`siriga” tushib qolmasligini, o`ziga xos ravishda ular bilan kurashish qudratiga ega bo`lgan immunitetni shakllantirishga qaratilgandir. Aynan milliy g`oyani hayotining mazmuni va maqsadi bilan bog`lagan shaxsgina bugungi istiqlolning qadriga etadi va uni himoya qilishni ma`suliyati deb his qiladi.
Xulosa o`rnida shuni alohida ta`kidlash lozimki, bugungi kunda milliy g`oyani jamiyat hayotida o`rni va ahamiyati katta ekan, ammo hali uni jamiyatda tarqalishi darajasi ancha sust. Aynan shu turdagi kamchiliklarni oldini olish va avvalo targ`iboti ko`lamini, samaradorligini kengaytirish uni keyingi taraqqiyot mazmuni ham belgilab beradi. Aynan milliy g`oya targ`iboti yo`llari va usullari, uni amalga oshirish texnologiyalaridan unumli foydalanishdan maqsad ham va shu asosda jamiyat a`zolarining ongiga singdirish yo`llarini ko`rsatib berishdan iboratdir. Bu jarayon bevosita jamiyatimizning “g`oyaviy ta`sirlar”, shuningdek, “mafkuraviy xavflar” ta`siridan himoya qilishda barchaning ma`sulligi darajasi bilan bog`liq hodisa hisoblanadi.