«Tashqi dunyo»ga berilgan mulk daromadi; 7.Ishlab chiqarish va importga subsidiyalar; 8.Birlamchi daromadlar saldosi (5-6-7)
1.Yalpi foyda va yalpi aralash daromad; 2.Yollanma ishchilarning mehnat haqi; 3.Ishlab chiqarish va importga soliq; 4.«Tashqi dunyo»dan olingan mulk daromadi
9.Жами (6+7+8)
5.Жами
Birlamchi taqsimlash hisoblamasida – uy xo‘jaliklarining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan aralash daromadlari; yollanma ishchilarning o‘z mehnatidan oladigan daromadlari; davlat boshqaruv organlarining ishlab chiqarish va importdan oladigan soliqlari; moliya mussasalari va nomoliya tashkilotlarining oladigan foydasi aks ettiriladi.
Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasining resurs qismi ikkita asosiy daromaddan tashkil topadi.
1.Birlamchi daromadlar. Bu ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etgan rezident institutsion birliklarning birlamchi daromadlari yoki davlatning ishlab chiqarish va importga soliqlaridan iborat. Bular yollanma ishchilarning ish haqi, ishlab chiqarish va importga soliq, tashkilotlarning aralash daromadi yoki foydasidir.
2.Xususiy moliyaviy aktivlardan olingan daromadlarga mulkdan olinadigan daromad kiradi.
Mulkdan olingan daromad boshqa birliklarga foydalanish uchun berilgan noishlab chiqarish aktivlari va moliyaviy aktivlardan olingan birlamchi daromadlardir.
Bu yerda noishlab chiqarish aktivlari nomoliyaviy aktivlar bo‘lib, unda kishilarning ishlab chiqarish faoliyati natijasida paydo bo‘lmasdan, balki tabiat in’omi, ya’ni tabiiy resurslar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish va importga soliqlarning barchasi davlat tashkilotlari uchun birlamchi daromad sifatida qaraladi.