Milliy hisoblar tizimining asosiy agregatlari va o‘zaro bog‘liqligi Reja


Yalpi ish haqi quyidagilarni o‘z ichiga olmaydi



Yüklə 150 Kb.
səhifə8/17
tarix21.12.2022
ölçüsü150 Kb.
#76969
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
MILLIY HISOBLAR TIZIMINING ASOSIY AGREGATLARI VA O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Yalpi ish haqi quyidagilarni o‘z ichiga olmaydi:

    • Ishlab chiqarish manfaatlari asosida amalga oshiriladigan korxona va tashkilotlarning xarajatlari:

    • berilgan maxsus kiyim va oyoq kiyimlari;

    • boshqa individual himoya vositalari;

    • davolanish, profilaktik ta’minotning qiymati;

    • malaka oshirishga ketgan xarajatlar (o‘quv ta’tillari to‘lovlari, stependiyalardan tashqari);

    • ishchilarni ishga olib kelish va olib ketish xarajatlari.

  1. Ishchilarga mehnati uchun mukofot tarzida to‘lanadigan to‘lovlar:

  2. vaqtinchalik ishga yaroqsiz paytidagi to‘lovlar (ishlovchi nafaqaxo‘rlarga nafaqalar)

  3. moddiy yordam;

  4. korxona hisobidan to‘lanadigan stependiyalar;

  5. dam olish va davolanish uchun yo‘llanmalar haqi;

  6. individual xarakterga ega bo‘lgan boshqa to‘lovlar.

  7. Korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z ishchilari va ularning oila a’zolariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-madaniy xarakterdagi xizmatlar.

  8. +o‘shimcha kasbdagi shaxslar mehnatiga to‘lovlar, mualliflik qalam haqlari (gonorarlari) va shu kabilar.

MHT da mavjud bo‘lgan muammolardan biri xodimlarning yollanma ishchi yoki mustaqil band bo‘lgan shaxslarga ajratilishidir.
Agarda korxona bilan shaxs o‘rtasida rasmiy yoki norasmiy bitim mavjud bo‘lsa, unda ishchi yollanma ishchi hisoblanadi. Bu kelishuvga asosan ushbu ishchi korxona uchun pul va natura shakldagi mukofot uchun ishlaydi.
Mustaqil band bo‘lgan shaxslar – bu shunday shaxslarki, ular o‘z-o‘ziga ishlaydilar. Ularga tegishli bo‘lgan korxonalar esa alohida yuridik shaxs yoki MHTdagi institutsion birlik hisoblanadi. Ular aralash daromadga ega bo‘ladilar.
Tadbirkorlar o‘zlarining yollanma ishchilarini turli xil sabablarga ko‘ra natural shaklda mukofotlashi mumkin. Masalan, qo‘shimcha soliqqa tortishdan yashirinish uchun, korxonaning hisob-kitob vara\ida naqd pulning yo‘qligi sababli va tadbirkorning sotilmay qolgan mahsulotlardan qutilishi uchun va hokazo.
Korxona va tashkilotlarning ijtimoiy su\urtaga ajratmalari –ularning ijtimoiy su\urtaga badallaridan tashkil topadi. Bu to‘lovlar yordam pullari, nafaqalar va aholiga sanitariya-kurort xizmatlari ko‘rsatuvchi vositalar manbai hisoblanadi. Ijtimoiy su\urtaga ajratmalar haqiqiy va shartli hisoblangan bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy su\urtaga haqiqiy ajratmalar – ishga yollovchilar tomonidan yollanma ishchilar foydasiga turli xil ijtimoiy su\urta va nafaqa fondlariga ajratmalardan tashkil topadi.
Ayrim tadbirkorlar o‘z xodimlariga ijtimoiy su\urta xizmatlarini taklif qiladilar. Masalan, tadbirkorlar sobiq xodimlariga qo‘shimcha nafaqa yoki so\ligini tiklash uchun qo‘shimcha vositalar to‘lashi mumkin. Bunday holatda ijtimoiy su\urtaga shartli ajratmalar hisoblamaga olinadi.

    1. Ijtimoiy su\urtaga shartli hisoblangan ajratmalar - korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z xodimlari uchun ijtimoiy ta’minot bo‘yicha to‘laydigan yordam pullarini o‘zida aks ettiradi. Ularga, masalan, korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarishda halok bo‘lganlarning oilasiga ko‘rsatiladigan yordam; ishlab chiqarishda kasbiy kasallik orttirganlarga yordam pullari va boshqalar kiradi.

    2. Soliqlar. Soliqlar majburiy to‘lov shaklida korxona va tashkilotlar hamda aholining davlatga to‘laydigan to‘lovlaridir. Ularning quyidagi turlari mavjud:

    3. Ishlab chiqarishga soliq. Bu ishlab chiqarish faoliyati bilan bo\liq bo‘lgan barcha soliq va yi\imlarni o‘z ichiga oladi. Bular:

    4. Mahsulotga soliq. Rezident birliklar tomonidan ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulot va xizmat qiymati yoki miqdoriga to‘\ri mutanosiblikda undiriladi. Ular quyidagilardan iborat:

      • qo‘shilgan qiymat soli\i;

      • aksiz soli\i;

      • reklama soli\i;

      • avtomobil yo‘llaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.

      • Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar. U quyidagilardan iborat:

      • kurort zonalarida ishlab chiqarish obyektlarini qurganlik uchun;

      • yer osti va tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun;

      • savdo qilish huquqini olish uchun;

      • litsenziya olish uchun to‘lov;

      • yer soli\i;

      • tadbirkorlik soli\i;

      • tashkilotlar mulkiga soliq.

Importga soliq. Bu soliq daromadlar yaratish hisoblamasida importga subsidiyalarni chiqarib tashlamay aks ettiriladigan soliqlardir. Ular importga sof soliq va subsidiyalar summasi sifatida aks ettiriladi. Importga soliq ++S va import to‘lovlarini chiqarib tashlaganda quyidagi soliq turlarini o‘z ichiga oladi:

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin