Ishchilarning xizmat safari xarajatlariga ularning yo‘lkirasi, mehmonxona, oziq-ovqat va kommunal xarajatlar kiradi. Oraliq iste’molga kirmaydigan xarajatlar quyidagilardan iborat:
ish unumini oshirish va ko‘p xizmat qilish maqsadida bino-uskunalarning ta’miri va ularni yangi usulga moslash xarajatlari;
uy-joylarni ta’mirlash, bo‘yoq sotib olish, gulqo\oz (oboya)ni yangilash va boshqa xarajatlar (ular uy xo‘jaliklarining yakuniy iste’moliga kiradi);
ishchi va xizmatchilarga mahsulotlarni bepul va arzon bahoda, ish haqini barter hisobida natural yo‘l bilan to‘lash;
davlat tomonidan beriladigan natura shaklida nafaqalar;
tashkilotlarning yakuniy iste’moliga kiradigan xarajatlar, asosiy mulk va nomoddiy aktivlarning yer olish huquqiga ega bo‘lish xarajatlari;
yerdan foydalanish uchun ijara xarajatlari (ular mulkdan daromad olishga kiradi);
xazina topish uchun geologik ishlar xarajatlari – neft va gaz topish va hokazo xarajatlar (ular asosiy mulkning jam\armasiga kiradi);
yerni yaxshilash, tozalash, melioratsiya qilish, daraxt, bo\ ekinlari ekish xarajatlari (ular asosiy mulkning jam\armasiga kiradi);
madaniy – maishiy xizmatlar xarajatlari;
asosiy mulkning eskirishi;
YAIM – muhim iqtisodiy kategoriya va iqtisodiyot rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy hududdagi rezident va norezident ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini o‘zida aks ettiradi.
Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi Bu hisoblamaning o‘zi quyidagi hisoblamalarni o‘z ichiga oladi:
Daromadlarning hosil bo‘lish hisoblamasi;
Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi.
Daromadlarning hosil bo‘lish hisoblamasi - daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu hisoblama ishlab chiqarish hisoblamasi kabi sektorlar bo‘yicha ham, tarmoqlar bo‘yicha ham tuziladi. Unda YAIMning institutsion birliklar tomonidan moddiy mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga birlamchi daromad to‘lash uchun ishlatilishi ko‘rsatiladi.
Birlamchi daromadga quyidagilar kiradi:
Mulkdan keladigan daromad, ya’ni boshqa institutsion birliklarga moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, shu jumladan, yer, foydali qazilmalar va boshqa noishlab chiqarish aktivlari, patent va litsenziyalarni vaqtinchalik foydalanishga berishdan keladigan daromadlar. Ularga quyidagilar kiradi: