Reja: Matematik usullar va modellar fanining asosiy maqsad va vazifalari. Ob’ekt va model tushunchasi. Matematik modellashtirishning asosiy bosqichlari. Misollar. Mavzu: modellashtirish va zamonaviy hisoblash usullari
Matematik usullar va modellar fanining asosiy maqsad va vazifalari.
Ob’ekt va model tushunchasi.
Matematik modellashtirishning asosiy bosqichlari.
Misollar.
Mavzu: MODELLASHTIRISH VA ZAMONAVIY HISOBLASH USULLARI
Asosiy maqsadi : Modellashtirish jarayonining umumiy qoidalarini, irrigatsiya va
melioratsiya masalalarini, yer tuzish va yer kadastri masalalarining matematik modelini qurish hamda ularni echish usullarini o’rganish
Asosiy vazifasi : Irrigatsiya va melioratsiya masalalarini shaxsiy kompyuter yordamida echish va olingan natijalarni tahlil qilish ko’nikmalarini hosil qilish.
Matematik usullar va modellar fanining asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Оb’ekt nima?
Оb’ekt deganda har xil xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan tabiatning biror elementi tushuniladi.
Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro’y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar hamda ularning xossalari kuzatiladi va ular to’g’risida tushunchalar hosil bo’ladi. Bu tushunchalar oddiy so’zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi. Model so’zi lotincha so’z bo’lib, o’lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi
Model nima?
Model – biror ob’ekt(original)ning ba’zi bir xususiyatlarini o’z ichiga olgan va uning o’rnida foydalaniladigan yangi bir ob’ektdir.
Original va modellar