Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 02/20-guruh talabasi


Ayollar ko’ylagi asos chizmasi konstruksiyalash. Ayollar ko‘ylagini loyihalash



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/6
tarix11.04.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#96182
1   2   3   4   5   6
dilnavoz

Ayollar ko’ylagi asos chizmasi konstruksiyalash. Ayollar ko‘ylagini loyihalash.

Konstruksiya lotincha so‘z bo‘lib, aniq bir narsani qurish ma’nosini bildiradi. Kiyim konstruksiyasini quyidagi pozitsiyalar bo‘yicha ta’riflash mumkin: tashqi tuzilishi (silueti va bichimi), detallarning konstruktiv qurilishi, biriktiruvchi choklar turiga va materiallariga qarab.
Agar kiyimni ishlab chiqarish — bu mavjud bo‘lgan texnik yozuv asosida uni tayyorlash bo‘lsa, shunday yozuvni vujudga keltirish jarayoniga loyihalash deyiladi. Loyihalash bo‘lg‘usi obyektning mo‘ljallanishi va uning xossalariga qo‘yilgan talablari ifodalangan boshlang‘ich yozuv mavjud bo‘lgan holdagina boshlanadi. Boshlan- g‘ich yozuv texnik topshiriq (TT) shaklida rasmiylash- tiriladi.
Texnik topshiriq bir qator loyihaviy jarayonlar va muolajalarni amalga oshirish yo‘li bilan loyihaviy konstruktorlik hujjatlariga aylanadi va bu loyihaviy konstruktorlik hujjatlar, konstruktor va ishlab-chiqarish o‘rtasida vositachi rolini o‘ynaydi.
1971-yilda sobiq Sovet ittifoqida qabul qilingan Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (ESKD) loyihaviy ishlarni tartibga solish maqsadida qilingan bo‘lib, Davlat standartlarining majmuasidan iboratdir. Bu standartlar loyihaviy-konstruktorlik hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish va ular bilan muomalada bo‘lish to‘g‘risida yagona uzviy bog‘langan qoidalarni ifodalaydi.
Badiiy konstruksiyalash — bu sanoat mahsulotlarini loyihalashning zamonaviy ijodiy usulidir. Badiiy konstruksiyalash — jamoali ijodiy jarayon bo‘lib, unda muhandislik, agronomik va badiiy konstruksiyalash elementlari organik mujassamlashgan. Yuqori sifatli sanoat mahsulotlarining yangi namunalarini badiiy ishlab chiqarish bir qator mutaxassislarning hamkorligida amalga oshiriladi: konstruktor-muhandis, rassom-dizayner, iqtisodchi, psixofiziolog, san’atshunosvahokazolar.
Muhandislik konstruksiyalash — mahsulotning konstruksiyasini, ya’ni texnik tuzilishini aniqlaydi. Tikuvchilik korxonasida muhandis-konstruktorining asosiy vazifasi yangi kiyimda maksimum qulayliklarni, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasiga mosligi, tejamkorligi va ekspluatatsiyalash davrida chidamliligini ta’minlashdan iborat.
Ko‘ylak asosini hisoblash va uni tuzish uch bosqichdan iborat bo‘ladi.
1. Asosning to‘r qismi hisoblanadi va tuziladi.
2. Konstruktiv nuqtalar va chiziqlarning joylari hisoblanadi, ya’ni orqa va old bo‘laklar chiziladi
3. Asosning vitochka va yon qirqimlarining tipovoy holatlari belgilanadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin