§ 1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi, mazmuni, kursning predmeti. § 2. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi va milliy iqtisodiyotni shakllanishi. § 3. Milliy iqtisodiyotni boshqaruv tizimi va uning vazifalari.
bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Milliy iqtisodiyot
fanining vazifalari
1
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishni va rivojlanishning o’ziga xos yo’llarini va muammolarini o’rganadi.
Iqtisodiyotni boshqarish vazifalarini va asosiy printsiplarini hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish va davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish tizimini o’rganadi
4
Mamlakatni tashqi iqtisodiy faoliyatini tashkil qilish, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilish shakllarini o’rganadi va hokazo.
Iqtisodiyotni 3 xil tushunchasi mavjud:
Ishlab chiqarish munosabatlarini yig’indisi;
mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo xo’jaligi;
Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional tomonlarini o’rganadigan fan tarmog’i.
Bozor munosabatlariga o’tishning quyidagi nazariy asoslari va mezonlari aniqlandi:
Davlat iqtisodiy siyosatining asoslari qilib quyidagilar belgilanadi:
a) qisqa muddat (5-10 yil) ichida respublikamizni xom ashyo ishlab chiqaradigan davlatdan dunyo bozorlarida raqobat qila oladigan, tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan mustaqil iqtisodiyotga ega, qudratli davlatga aylantirish;
b) iste’mol bozorini avvalo ichki resurslar hisobiga to’ldirish, aholining oziq-ovqat, kundalik sanoat tovarlariga bo’lgan ehtiyojini juda qisqa vaqt ichida to’liq ta’minlash;
v) aholi daromadlarining narx-navo bilan mutanosibligini ta’minlash, buning uchun zarur bo’lgan ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish;
d) ichki iste’mol bozori himoyasini ta’minlash, davr talabiga javob beradigan moliya-pul siyosatini ishlab chiqish va hokazo.
Bu surat ayniqsa rivojlangan davlatlarning iqtisodini juda yaxshi aks ettiradi. Ovchidan qutilmoqchi bo’lgan hayvonni RESURSlar, ya’ni turli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan xomashyo deb korishimiz mumkin. Resurslar uch turga bo’linadi: yer (yer osti va yer usti resurslari), mehnat (aqliy va jismoniy), va kapital (jihozlar va moliya). Ovchi esa bizning ISHLAB CHIQARUVCHI. Ishlab chiqaruvchilar resurslarni bir biriga qo’shib, ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Demak suratdagi arava yetaklagan barcha odamlar ISTE’MOLCHIlarni aks ettiradi.
Bu surat ayniqsa rivojlangan davlatlarning iqtisodini juda yaxshi aks ettiradi. Ovchidan qutilmoqchi bo’lgan hayvonni RESURSlar, ya’ni turli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan xomashyo deb korishimiz mumkin. Resurslar uch turga bo’linadi: yer (yer osti va yer usti resurslari), mehnat (aqliy va jismoniy), va kapital (jihozlar va moliya). Ovchi esa bizning ISHLAB CHIQARUVCHI. Ishlab chiqaruvchilar resurslarni bir biriga qo’shib, ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Demak suratdagi arava yetaklagan barcha odamlar ISTE’MOLCHIlarni aks ettiradi.
Milliy iqtisodiyotning boshqaruv vazifalari umumiy tarzda quyidagicha belgilangan:
1. Bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini va ijtimoiy muhitni yaratib berish. 2. Mulk daxlsizligini ta’minlash. 3. Raqobat halolligini saqlash va uni himoya qilish. 4. Daromad va milliy boyliklarni taqsimlash va qayta taqsimlash. 5. Milliy mahsulot tarkibini yaxshilash maqsadida resurslar taqsimotini tartibga solish, ustuvor yo’nalishlarni belgilash.
6. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ish bilan ta’minlash, inflyatsiya jarayonlarini nazorat qilish, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; 7. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida o’tish davrining xususiyatlarini hisobga olgan holda tegishli chora-tadbirlar, xususan aholining ma’lum bir tabaqalarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash. 8. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bosqichlarining uzviyligini ta’minlash.
1. Milliy iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz? 2. “Milliy” so’zining ma’nosi nimada? 3. Iqtisodiyotning uch xil tushunchasi xususida nima deya olasiz? Milliy iqtisodiyotning shakllanish jarayoni qanday? 4. Milliy iqtisodiyot kursining predmeti va uni boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog’liqligi nimada? 5. O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari nimada? 6. Unitar davlat deganda nimani tushunasiz? Milliy iqtisodiyotni boshqarishda qanday vazifalar hal qilinishi lozim?