Milliy ishlab chiqarishning muvazanatli rivojini ta‘minlab borishdan quyidagilar ko’zda tutiladi:
- mamlakatda mavjud bo’lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyolarini to’laroq qondirib borish.
- to’la bandlikka erishish, ya‘ni mehnat qilishga layoqatli bo’lgan va ishlashni hohlaganlarni to’liq va samarali ish balan ta‘minlash.
- narx-navoning nisbiy birvarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta‘siridan holi qilish.
- iqtisodiyotning bir maromda o’sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan ta‘minlash va muomiladagi pul massasiga bog’la borish.
- eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish.
Kursatib o’tilgan maqsadlarga erishishga kishilar intiladi, lekin mutloq muvozanatga erishish mumkin emas, u buzib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o’sish notekis boradi.
Makroiqtisodiy muvozanatlikka erishishning bozor mexanizmi Iqtisodiyot barqaror rivojlanish uchun uning tomonlari o’rtasida mu‘lum muvozanat bo’lishi lozim. Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelgan holatiga aytiladi. Bunda jarayon va hodisalarning tomonlari deganda ishlab chiqarish va iste‘mol, tarmoqlar, iqtisodiy hududlarda bo’layotgan o’zgarishlar tushuniladi. Muvozanat xususi va umumiy xarakterdagi bir qator muvozanatlar tizimini o’z ichiga oladi.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelish. Masalan, ishlab chiqarish va iste‘mol, aholining sotib olish layoqati a tovar taklifi masalalari, byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatliklar ko’rinishida yuzaga chiqadi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlb o’tganlaridek: “...ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikka erishish, ya‘ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmog’i o’rtasida to’g’ri nisbatni ta‘minlash g’oya katta rol o’ynaydi.....”[1].
Umumiy muvozanatlik - barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o’zaro teng kelishini bildiradi. Bu muvozanat bozor sharoitida, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko’rinadi. Bu birqancha shart-sharoitlarni taqozo etadi: