Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi bandligini ta’minlashda korxonaning o’rni va ro’li
Birinchidan, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir.
Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanatlik mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo’jalik mexanizmini taqazo qiladi.
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi.
To’rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatlikning umumiy shart-sharoitlari bo’lib, bozor muvozanati, (ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy to’zilishi) ya‘ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hakozolar)da talab va taklif muvozanatga erishish xizmat qiladi.
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi. Xullas, makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik – bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usuldan foydalanish mumkin:
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
Jamg’arish va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
To’liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SIM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession (inqiroz va tug’rilik fazasini bildiradi) yoki inflyatsion farqda ifodalanadi.
Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyatishundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning harqanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste‘mol qilmasdan jamg’arishag qo’yish mumkin. Jamg’arish, sarflar-daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi. Investitsion sarflarning ko’payishi, ishlab chiqarish hajmiga va daromad darajasining o’sishiga olib keldi. Bu o’zaro natija multirlikator samarasi – bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o’zgarishga nisbati. “Xarajat va natija”larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi o’rganiladi.