5-MAVZU: Mаkroiqtisodiy vаziyat vа uning аsosiy yo’nаlishlаri
Kirish
Reja;
I Bob Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari.
1.1 Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari.
1.2 Yalpi ichki mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.
1.3 Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari.
II Bob Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari
2.1.YAlpi ichki mahsulot hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblash usullari.
2.2.Milliy hisoblar tizimi, uning maqsadi va vazifalari.
2.3.O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda YaIMni ko`paytirish strategiyasi va uni amalga oshirish imkoniyatlari.
Xulosa
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxatiASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR
Kirish
Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka eishgach yurtimizda Milliy iqtisodiyotga bo’lgan talab o’zgartirish va chora tadbirlarini yangilashga nisbatan qator qarorlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollaShuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning er maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning makrodarajadagi o‘zaro aloqasi jamiyatdagi mehnat taqsimoti bilan shartlangan ob’ektiv jihatdan zarur jarayon hisoblanadi. Bu jarayon xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining harakati shaklida maydonga tushadi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda makroiqtisodiy jarayonlarning sub’ektlari bo‘lib alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari – aholi, mehnat resurslari, band bo‘lgan ishchi kuchi, ishsizlar va boshqalar hisoblanadi.
Bizning iqtisodiy fanimiz uchun yangi ko‘rsatkichlardan biri sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Jahon amaliyotida u yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichiga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Gap shundaki, yalpi milliy mahsulot iqtisodiy farovonlik darajasini to‘liq aks ettira olmaydi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: birinchidan, yalpi milliy mahsulot alohida kishilarning farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan bir qator unsurlarni (masalan, amortizatsiya ajratmasini) o‘z ichiga oladi; ikkinchidan, bu ko‘rsatkich farovonlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi va uni belgilab beruvchi bir qator unsurlarni o‘z ichiga olmaydi. Farovonlik darajasiga yalpi milliy mahsulot tarkibida hisobga olinmaydigan unsurlar, jumladan, hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish kabilar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aytaylik, insonning daromadi oshib borishi bilan u kamroq ishlashga va bo‘sh vaqtidan ko‘proq jismoniy qoniqish olishga harakat qiladi. Bunday holda yalpi milliy mahsulot hajmi kamaysa farovonlik darajasi oshadi. Shunga ko‘ra, bo‘sh vaqtdan sermazmun foydalanishdan olinuvchi jismoniy qoniqishni hisobga olish uchun yalpi milliy mahsulotga ijobiy tuzatish kiritish kerak bo‘ladi. Buning natijasida sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. Biroq, iqtisodiy farovonlik darajasiga bo‘lgan bunday bilvosita ta’sirni miqdoran hisobga olish juda mushkul hisoblanadi.
Agar bo‘sh vaqt iqtisodiy farovonlik darajasiga bilvosita ta’sir ko‘rsatsa, xufyona iqtisodiyot iqtisodiy farovonlik darajasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita belgilab beradi, biroq bu yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichida miqdoran o‘z ifodasini topmaydi. Shu o‘rinda nazarda tutish lozimki, xufyona iqtisodiyotning barcha jabhasi ham iqtisodiy farovonlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu o‘rinda xufyona iqtisodiyotni quyidagicha ta’riflash mumkin: bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, Ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qo‘yidagilar kiradi
Dostları ilə paylaş: |