1. Kirish. Ta’lim texnologiyasining bu qismida huquqiy davlat barpo etish sharoitida va jamiyatning demokratiyalashuvida ta’lim berishni texnologiyalashtirishning dolzarbligi asoslanadi, o’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi bayon etiladi va ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga loyihalangan ta’lim berish texnologiyasiga qisqa tavsiflar beriladi.
2. Ta’lim texnologiyasinngi kontseptual asoslari. Ta’lim texnologiyasining bu qismida quyidagilar yoritiladi:
o’quv fanining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, auditoriya soatlarining umumiy hajmi va o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq ularni mavzular bo’yicha taqsimoti, ish turlari;
o’quv fanining mazmuni, o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq o’quv fanining mavzu mazmuni bayon etiladi;
o’quv mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning kontseptual holatlari - ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlashning asosi bo’ladigan, ta’lim texnologiyasini loyihalash va rejalashtirishning kontseptual asoslari.
3. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga loyihalangan ta’lim texnologiyasi. Har bir ta’limiy texnologiya ta’lim texnologiyasi, ta’limning texnologik xaritasi, texnologiya xaritasiga ilovalardan iborat bo’ladi.
XULOSA
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi.
Zero, jamiyat tizimi, uning amal qilishi uchun asos bo’lgan g’oya va qarashlar o’z navbatida huquqiy g’oya va qarashlarning vujudga kelishini ta’minlaydi.
R.Mahmudov huquqiy madaniyatning asosini tashkil etuvchi qismlar moddiy, ma’naviy, huquqiy, axloqiy, estetik va boshqa mafkuraviy omillardan iborat ekanligini, demakki, moddiy hamda ma’naviy xususiyatga ega bo’lgan asosiy, bir-biriga muvofiq qismlarni ajratib ko’rsatadi1. Huquqshunos olimlar SH.O’razayev, M.Qoriyevlar esa huquqiy madaniyat huquqiy bilimlarni egallash, huquqiy me’yorlarning amaliyotda o’z isbotini topishi hamda boshqa mualliflardan farqli ravishda huquqning obro’si va qonunning ijtimoiy hayotdagi o’rni bilan belgilanishini qayd etib o’tadilar: "Huquqiy madaniyat tushunchasi–huquqning rivojlanish darajasi, aholining huquq haqidagi tushunchasi, qonunchilikning ahvoli, huquqning obro’si va shu singari unsurlardan tashkil topadi"1.
A.F.Nikitin esa shaxs huquqiy madaniyati tarkibini tushunishga o’ziga xos tarzda yondashadi hamda shaxs huquqiy madaniyatini murakkab psixologik hodisa deb baholaydi. U. chunonchi, uning tarkibiy qismlarini: huquqiy bilimlar va ularni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi; qonunga nisbatan shaxs munosabati va nihoyat shaxsning huquqiy mazmunga ega bo’lgandir.
Huquqiy ong, huquq tarbiyasini rivojlantirishning samarali yo’li o’qitish bu ish hoh oilada hoh mahallad hoh maktabda bo’lsin.
Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi mavzusi asosida Respbulikamiz Prezidenti A.Karimovninng asarlarida huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalariga berilgan ta’riflar hamda bu borada davlatimiztomonidan olib borilayotgan islohatlar yoritib berildi.
Bundan tashqari yoshlarda huquqiy madaniyat va ongni shakllantirishning tarixiy asoslari ajdodlarimiz merosida tutgan o’rni o’rganilib, misollar bilan bayon etildi.9
Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish fuqarolik tarbiyasini berishning ahamiyati bo’yicha, fuqarolik tarbiyasi va uning asoslari hamda huquqiy ta’lim o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayonini, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozimli haqida fikrlar bayon etilgan.Mahalla va oila hamkorligi bu huquqiy tarbiya uchungina emas,balki jamiyat rivoji uchun ham kerak.Oila va mahalla hamkorligi jamiyat tinchligi garovidir.
Dostları ilə paylaş: |