Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayon grafi.
Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologik jarayonlarini loyixalash tajribasida jarayon haqidagi ma’lumot buyumlarni yig’ish sxemasi, texnologik operatsiyalar ro’yxati va jarayon grafi ko’rinishida beriladi.
Birinchi 2 ta usul nafaqat to’liq tavsiflash uchun balki kelgusidagi ishlar haqida ham yetarli ma’lumot bera olmaydi. Buni e’tiborga olib, ishlab chiqarish jarayonini loyihalashda TBTJ tuzilishidan foydalanish, texnologik jarayon elementlarining o’zaro bog’lanishini tasavvur qilish maqsadida ularni tartib grafi deb hisobga olish kerak.
Buyumga ishlov berish jarayoni grafida (8- rasm) har qanday texnologik operatsiya ma’lum operatsiya tartibida joylashgan. Operatsiyalar tartibi texnologik jarayoni operatsiyalarini navbatma – navbat bajarishni ta’minlaydi. TJ grafida tartib raqamini qayd qilinishi operatsiyani bajarish tartibini o’zida ifodalab ko’rsatadi va texnologik jarayon ma’lumotnomasida ushbu operatsiyani topish uchun xizmat qiladi. Tikuv buyumlariga ishlov berish va yig’ish bo’yicha texnologik operatsiyalar ma’lumotnomasi tikuvchilik korxonalarida buyum turiga tuziladi. Ma’lumotnoma shakli aniq buyum modeli uchun qo’llaniladigan operatsiyalarning texnologik ketma – ketligi shakliga o’xshaydi.
Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologik jarayonini yo’naltirilgan «daraxt» ga o’xshatish mumkin.
Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologik jarayon grafini qurishda buyum birligini, ya’ni boshqa detallar bilan ko’proq konstruktiv-texnologik bog’lanishga ega bo’lgan detalni shartli ajratishdan boshlash kerak. Buning uchun buyumda detallarni o’zaro bog’lanish matritsasi tuziladi (1-jadval), undagi detallarning tartib raqami ostida boshqa detallar bilan konstruktiv –texnologik bog’lanishi «1» va bog’lanish bo’lmaganda «0» bilan belgilanadi.
Tikuv buyum detallarini o’zaro konstruktiv – texnologik bog’lanish matritsasi
4.1-jadval
Detal kodi.
01
02
03
04
05
06
07
Bog’lanish yig’indisi
01
-
1
0
1
0
1
1
4
02
1
-
1
0
0
0
1
3
03
0
1
-
1
0
0
0
3
V.x.
4.1-rasm. Texnologik jarayon grafi strukturasi Bog’lanish bo’yicha katta yig’indiga ega bo’lgan detal asosiy deb qabul qilinadi va jarayon graf qurishda u o’rtaga joylashtiriladi.