Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Texnologik jixatdan bo’linmaydigan operatsiyalar



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə25/71
tarix04.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#93221
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Texnologik jixatdan bo’linmaydigan operatsiyalar.

Texnologik jixatdan bo’linmaydigan operatsiyalarning davom etish vaqti turlicha bo’lgani uchun, ularning vaqtlari yig’indisini (tashkiliy operatsiyalarni vaqti) ma’romga teng yoki karrali qilib tanlab olish har doim mumkin bo’lavermaydi. Shuning uchun tashkiliy operatsiyalarning vaqti ma’romga nisbatan ma’lum darajada farq qilishi mumkin. Ma’romga nisbatan farq oqim turiga bog’liq. Tajribaning ko’rsatishicha, tashkiliy operatsiyani vaqtini moslash uchun ularga sarflanadigan vaqt qat’iy ma’romda ishlaydigan konveyerli ishlab chiqarish oqimlarda ±5 % va guruxli agregat ishlab chiqarish oqimlarda, shuningdek erkin ma’romda ishlaydigan konveyerli ishlab chiqarish oqimlarida – 5% ÷+ 15% ma’romga nisbatan farq bilan hisoblansa unchalik xato bo’lmaydi. Shunga asosan qat’iy ma’romda ishlaydigan konveyerli ishlab chiqarish oqimlarda operatsiyalar vaqtini moslash sharti bir modelli oqimlarda quyidagicha ifodalanadi:
t t.o.= (0,95÷1,05) k * τ
Guruxli agregat ishlab chiqarish va erkin ma’romda ishlaydigan oqimlar uchun
t t.o.= (0,95÷1,15) k * τ
Ko’p modelli qat’iy ma’romda ishlaydigan oqimlar uchun bu shart quyidagicha bo’ladi:
t t.o1 + t t.o2 + t t.o3= (0,95÷1,05) S* k * τ
bu erda:
t t.o1 + t t.o2 + t t.o3 – ko’p modelli oqimlarda tashkiliy operatsiyaga sarflanadigan vaqt,s;
S- moslash sikli (ishlab chiqimida bir vaqtda tikiladigan modellar soni).
Guruxli agregat ishlab chiqarish oqimlar va erkin ma’rom ishlaydigan konveyerli oqimlar uchun:
t t.o1 + t t.o2 + t t.o3= (0,95÷1,15) S* k * τ
Agar tashkiliy operatsiyaning bajarilish vaqti oqimning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan farqlar chegarasidagi bitta ma’romga teng bo’lsa, ya’ni k= 1 bo’lsa, bunday operatsiyani bitta ishchi bajaradi va uni bir ma’romli operatsiya deb ataladi.
Agar tashkiliy operatsiyaning bajarilish vaqti oqimning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan farqlar chegarasidagi ikkita yoki undan ortiq ma’romga teng bo’lsa, ya’ni 2 yoki undan ortiq bo’lsa, bunday operatsiyani ikkita yoki qancha bo’lsa, shuncha ishchi bajaradi va uni karrali operatsiya deb ataladi.
Karrali operatsiyalarni hisoblanganda ishchilar soni transportyor uyalarining soni qoldiqsiz bo’linadigan qilib olinishi kerak (odatda transportyor uyalarining soni 12 ta bo’ladi. Shu son qoldiqsiz bo’linishi uchun har qaysi tashkiliy operatsiya 2, 3, 4 yoki 6 ta ishchiga mo’ljallanib hisoblanadi).
Qat’iy ma’romli ishlaydigan konveyerli ishlab chiqarish oqimlar uchun asosiy hisob shartdan tashqari qo’shimcha hisob sharti aniqlanadi. Operatsiyalarni vaqtining moslashning qo’shimcha sharti tikilayotgan ayrim buyumlar uchun hisoblab topilgan vaqtning bitta buyum o’rtacha vaqtidan farqi xuddi shu konveyer oqimida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan farqdan ortib ketmasligidan oborat.
Ko’p modelli konveyerli ishlab chiqarish oqimlarida ishchi konveyer tasma uyasidan mexnat predmetlarini olib, unga ishlov berib, yana shu uyaga mexnat predmetlarini qaytarishi kerak. Shuning uchun tashkiliy operatsiyalarini moslash bir paytda yuqorida ko’rilgan asosiy hisob sharti bilan birga qo’shimcha hisob sharti ham ko’zda tutulishi kerak.
Max[(to1 );(to2 );...(ton)]≤Li.o’.* τ / l ­ ta.f.
bu erda:
Max[(to1 );(to2 );...(ton) – tashkiliy operatsiyaga modellar bo’yicha maksimal sarflanadigan vaqt,s ;
Li.o’ – ish o’rinlarining qadami,m;
l- konveyer tasma uyasining qadami,m;
τ- ishlab chiqarish oqimining ma’romi,s;
ta.f.- ish o’rindagi turli mayda kamchiliklar(mashina naychasini almashtirish, ip uzilishi, igna sinishi va x.k.) natijasida operatsiyalar vaqtida yuz beradigan amaldagi farq. Bu farq qo’l ishlari uchun 40-60 s., mashina ishlari uchun 60-90 s ga teng.
Shunday qilib ishlab chiqarish oqimining tashkiliy- texnologik sxemasini (mexnat taqsimotini) tuzish uchun yuqorida qayd etilgan talablarga rioya qilinadi.



Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin