Ahmad Yassaviy hikmatlarida bunday deyiladi: Gunoh ermish kofirlarg‘a bermang ozor, Ko‘ngli qattig‘ dilozordin Xudo bezor, Alloh haqqi bunday qulg‘a sijjin tayyor, Donolardin eshitib bir so‘z aydim mano. Yurtimizda ham azal-azaldan turli e'tiqodga mansub millat va elatlar istiqomat qilib kelgan. 130 dan ziyod millat farzandlarining tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik kayfiyatida yashashlari vatanimizning bag‘rikenglik o‘lkasi ekanligining yorqin namunasidir. Ularning o‘zaro bahamjihat, ahil-inoqlikda bir-birlarining e'tiqodlarini hurmat va ehtirom ruhida yashab kelishlarining o‘zi Yaratganning xalqimizga bergan ulkan ne'matidir.