Milliy qadriyatlarimiz bilan chambarchas bog‘lanib ketgan muqaddas dinimiz islom dinida ham inson, shaxs manfaati eng birinchi o‘ringa qo‘yiladi



Yüklə 31,6 Kb.
səhifə2/4
tarix15.11.2022
ölçüsü31,6 Kb.
#69361
1   2   3   4
Документ

Tolerantlik (lot. tolerantia — sabr-toqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuygʻulari, fikr-mulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda tolerantlik oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda tolerantlik tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. Tolerantlikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. Tolerantlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida YUNESKO "Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"ni qabul qilgan (1995-yil 16 noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning oʻziga xos xususiyatlariga nisbatan tolerantlik munosabatini Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar oʻrtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikengliktamoyili ijtimoii taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Oʻzbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular oʻrtasida asrlar davomida milliy nizolar boʻlmagan va bu xalqimizning azaliy bagʻrikengligini koʻrsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo tolerantlikning yaqqol namunasidir.
Avvallo, bag‘rikenglik so‘zining lug‘aviy va istilohiy ma'nolariga to‘xtalib o‘tsak. Bag‘rikenglikning lug‘aviy ma'nosi o‘zganing sizga unchalik yoqmaydigan jihatiga sabr va toqat qilishdir.
“Bag‘rikenglik” (“tolerantlik”) so‘zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib “bag‘rikenglik” chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik, o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma'nolarga ega deyish mumkin. Bag‘rikenglik Islom shariatining eng ulkan maqsadlaridan biri bo‘lib, u yetib borgan yerlarda Islomning tarqalishi va boqiy qolishiga ta'sir qilgan. Musulmonlarning boshqalar bilan munosabatlaridagi asosiy tamoyil tinchlikparvarlik, kechirimlilik va bag‘rikenglik desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Islom dinida musulmonlarning boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik tamoyillariga asosan munosabatda bo‘lishi belgilab berilgan va har bir inson dini, irqi, millatidan qat'iy nazar mukarram ekanligi qayd etilgan: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik”, deyilgan (Isro surasi 70-oyat).
Qur'oni Karim oyatlarida ham, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida ham, boshqa din va e'tiqod vakillariga bag‘rikeng bo‘lish haqida ko‘plab ko‘rsatmalar mavjud. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari bu borada ularning haqlariga rioya qilishning oliy namunasini ko‘rsatib, ummatni ham ana shu yo‘ldan borishga da'vat qilganlar. Aksincha qaysi bir inson oralarida o‘zaro tinchlik shartnomasi bo‘lgan kishini joniga qasd qilsa, uning oqibati yomon bo‘lishidan ogohlantirganlar. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib dedilar: “Kim ahdlashilgan boshqa din vakilini o‘ldirsa jannat hidini ham hidlamaydi. Vaholanki jannatning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi”.
Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:

Yüklə 31,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin