Milliy tadqiqot universiteti


Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo’jalik muomalalarini qayd qilish



Yüklə 37,97 Kb.
səhifə3/6
tarix19.05.2023
ölçüsü37,97 Kb.
#117992
1   2   3   4   5   6
Банк

2. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo’jalik muomalalarini qayd qilish
Hozirgi davrda xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatidagi sodir bo’lgan muomalalarni kompyuterlashtirish muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu voqealarni tezkor jamlash, ishlov berish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning natijalarini baholash muhim ahamiyatga ega.
Keltirilgan analitik hisobni yuritish uchun ushbu tuzilgan dasturda quyidagi imkoniyatlardan foydalaniladi:

  • xo’jalik muomalalarini qayd qilish vaqtida analitik schyotlarni aniqlash;

  • kirim qoldiqlarini kirtish;

  • namunaviy hisobot hujjatlarini tayyorlash;

  • analitik schyotlardan foydalangan holda boshqaruv ma’lumotlariga maxsus ishlov berish va rahbariyatga taqdim qilish.

Kompaniyalarda foydalanilgan kompyuter dasturlarining imkoniyatlaridan biri har xil muddatlarga subyektning budjetini ishlab chiqishdir. Ushbu maqsad uchun "Moliyaviy rejalar" turkumidagi dastur qo’llaniladi. Ushbu dasturning afzalligi quyidagilardir:

  • kelgusidagi daromad va sarflarni hohlagan muddatga rejalashtiradi;

  • ushbu daromad va sarflarni subyektning budjeti bilan birlashtiradi;

  • to’lovlarning ustidan nazorat o’rnatadi;

  • smetalardan foydalanishni tahlil qiladi;

  • subyektning moliyaviy faoliyatini muqobillashtiradi.

Тakrorlanish davri ayrim muomalalarning takrorlanib turishini shakllantirish imkoniyatini yaratadi. Ushbu takrorlanish uchun bir necha kun, hafta, dekada, oy yoki yil tanlab olinishi mumkin. Ushbu takrorlanadigan muomalalarni rejalashtirish topshirilgan sana yoki kunlar bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
BHarBBBBBBBBBBbbbbbbbbbbir tuzilgan moliyaviy reja uchun ushbu dastur takrorlanadigan muomalalarning ayrim ro’yxatini tuzadi. Ushbu muomalalarni moliyaviy rejaga kiritgandan keyin komputer o’z-o’zidan ularni rejaning sanalariga moslashtirib bir marta sodir bo’ladigan muomalalarga aylantiradi. Oldindan olingan ma’lumotlarga asosan dastur kelgusi davrlar uchun rejalarni tuzish imkoniyatiga ega, keyinchalik ushbu davr kichik davrlarga bo’linib reja ko’rsatkichlariga ushbu sharoitdan kelib chiqqan holda o’zgartirishlar kiritiladi.
Mazkur dastur ilgari yig’ilgan yillik va choraklik ma’lumotlarga asosan kelgusi yillar uchun uzoqni ko’zlagan rejalarni tuzishga imkoniyat yaratadi. Keyinchalik esa zarurat tug’ilganda ilgari tuzilgan moliyaviy rejalashtirishga qaytiladi va ushbu rejani tuzgan davrdan keyingi sodir bo’lgan voqealarning natijalariga asosan unga aniqliklar kiritiladi.
Moliyaviy rejaga kiritilgan muomalalarga asosan to’lov hujjatlari tayyorlanadi. Ushbu muomalalarning sodir bo’lganligiga qarab (to’lov hujjatlariga ishlov bergandan keyin) dastur pul mablag’larining kirimi va chiqimini to’lov hujjatlarining sanasiga muvofiq shu ma’lumotlarni moliyaviy rejaga kiritib boradi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asosan dastur avtomat tarzida rejadagi va haqiqiy kirim qoldig’ini rejalashtirilgan davrning boshi va oxiriga shakllantiradi, boshlang’ich va oxirgi sanaga pul mablag’larining kirimi, chiqimi va ishlov berilgan to’lov hujjatlarining ma’lumotlariga asoslanib pul mablag’larining ushbu davr ichidagi umumiy kirimi va umumiy chiqimini jamlab beradi.

Yüklə 37,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin