Yuridik shaxs sifati faoliyat ko’rsatayotgan va mustaqil balansiga ega bo’lgan korxonalar tijorat banklaridan birida o’zlarining hisob–kitob schyotini ochadilar. Markaziy Bank yo’riqnomasiga binoan korxona o’zi tanlagan bankda pul mablag’larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun so’mda va talab qilib olgungacha valuta depozit schyotini ochishlari mumkin.1 Тalab qilib olgungacha bo’lgan so’mdagi depozit schyotlarini ochish uchun yuridik shaxs – rezidentlar bankka quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
yuqorida keltirilgan yo’riqnomaning 1 – ilovasida keltirilgan shaklda schyot ochish uchun ariza;
statistika organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat ro’yxatiga kiritilganligi to’g’risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko’chirmasi;
yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusda tasdiqlangan ko’chirma, davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida hujjat:
notariusda tasdiqlangan ko’chirma yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ro’yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ko’chirma. Davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi hujjat faqat mazkur obyekt uchun qonunchilikda nazarda tutilgan bo’lsa topshiriladi;
soliq organida ro’yxatdan o’tganligi va idensifikatsiyalashgan soliq to’lovchi raqami berilganligi to’g’risida notariusda tasdiqlangan guvohnoma ko’chirmasi yoki shaxs soliq to’lovchi subyekt emasligi to’g’risida ma’lumot;
imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka;
yuqorida aytib o’tilgan yo’riqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Davlat korxonlari, aksioner jamiyatlari, qishloq xo’jalik uyushmalari (shirkatlar), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar, konsernlar, korporatsiyalar, qo’shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqa korxonalar tomonidan talab qilib olguncha depozit schyotlarini ochish uchun zikr qilingan hujjatlarga qo’shimcha qilib bankka yuqorida keltirilgan yo’riqnomaga binoan yana boshqa hujjatlar topshiradilar.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so’ng bank xizmatini ko’rsatish bo’yicha shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining buyrug’i bilan korxonaga tegishli hisob–kitob schyoti raqami belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag’lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa shahar yoki aholi punktlarida joylashgan xo’jalik hisobida bo’lmagan filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish birligi va boshqa bo’linmalarga mahalliy bank muassasasida cheklangan operatsiyalarni aks ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob–kitob schyotini idora qiluvchi bosh korxona tomonidan belgilanadi.
Ochilgan hisob–kitob schyotida bo’sh pul mablag’lari va mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda boshqa tushumlar saqlanadi.
Hisob–kitob schyotidan korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar uchun mol yuboruvchiga to’lanmalari, budjetdan, ijtimoiy sug’urtadan bo’lgan qarzni to’lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar uchun to’langan pul mablag’lari aks ettiriladi.
Odatda bank tomonidan har qanday pul o’tkazib berish yoki naqd pul berish korxona yoki hisob–kitob schyotini tasarruf etuvchining buyrug’i yoki u bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Lekin bank quyidagi hollarda korxona roziligini olmay boshqa tashkilotlarning hujjatlari bo’yicha uning hisob–kitob schyotidan pulni majburiy o’tkazib beradi: moliya va soliq organlarining buyrug’i bo’yicha to’lanmagan soliq va yig’imlar, shuningdek ular bo’yicha jarima va boqimandalar summasini; qondirilgan da’volar summasini – ijro varaqalari, xo’jalik sudining bo’yrug’i bo’yicha; kreditdan foydalanganligi uchun foiz summasini, muddatida to’lanmagan kredit summasini; bank tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar summasini.
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida yetarli darajada pul mablag’lari bo’lsa, pul o’tkazib berish uning buyrug’i yoki boshqa to’lov hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida pul mablag’lari yetarli bo’lmasa, amaldagi yo’riqnomaga binoan birinchi navbatda budjetga, pensiya fondiga va ish haqiga to’lashni nazarda tutuvchi hujjatlar bo’yicha mutanosib to’lanadi.2 Yuridik shaxsning bankdagi schyotiga bo’lgan boshqa barcha to’lanmalar yuqorida ko’rsatilgan talablar qondirilgandan so’ng to’lanadi. Hisob–kitob schyotida sodir bo’ladigan pul mablag’lar harakati (pulni qabul qilish va berish yoki naqd pulsiz kirim va chiqim) bank tomonidan chiqarilgan mahsus hujjatlar shakllariga asosan rasmiylashtiriladi.
4. Valuta schyoti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish Хorijiy valutadagi pul mablag’larini va xorijiy valuta operatsiyalarini har bir korxona amalga oshirishi mumkin. Хorijiy valuta operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun bankda valuta joriy schyotini ochish kerak. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xorijiy valuta operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat (litsenziya) berilgan banklarda valuta schyoti ochish mumkin. Bunday litsenziya olgan banklarni vakillik banklari deyiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vaqti-vaqti bilan chop etiladigan byulletenida keltirilgan xorijiy valutalarda schyotlar ochish mumkin.
Valuta schyotini ochish uchun bank quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
- valuta schyotini ochish to’g’risida ariza;
- ta’sis hujjatlar ko’chirmasi (notariusda yoki ro’yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ustav, ta’sis shartnomalari);
- notariusda tasdiqlangan ro’yxatdan o’tganlik to’g’risidagi hujjatlarning ko’chirmasi;
- korxonani ro’yxatdan o’tgan joyidan soliq inspeksiyasi va pensiya fondida hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma;
- imzolar nusxalari qo’yilgan va yumoloq muhr tushirilgan kartochka;
- qo’shma korxonalar va xorijiy firmalar qo’shimcha qilib O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi tomonidan ularni xorijiy investitsiyali korxonalar reestriga kiritilganligi to’g’risida beriladigan guvohnoma topshiradilar.
Valuta schyoti ochilgandan so’ng bank bilan korxona o’rtasida hisoblashish-kassa xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida shartnoma tuziladi. Unda bankning ko’rsatadigan xizmatlar ro’yxati, xizmatlari uchun to’lanadigan haq tariflari, mablag’larni joylashtirish shartlari, tomonlarning huquq va burchlari va boshqalar ko’rsatiladi.
Amaldagi Nizomga binoan mulk shaklidan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasi xududida xorijiy valuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha xo’jalik yuratuvchi subyektlar 2001 yil 1 noyabrdan boshlab xorijiy valutadagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirish tartibi belgilangan.3 Хorijiy valuta mablag’lari, qiymatliklari va operatsiyalari xo’jalik operatsiyalari sodir bo’lgan sanaga Markaziy bank kursi bo’yicha so’m ekvivalentida aks ettiriladi. Jumladan quyidagilar bo’yicha: a) kassadagi valuta mablag’lari, bankdagi depozit va ssuda schyotlari, akkreditivlar, valuta ssuda qarzlari; b) xorijiy valutadagi debitor va kreditor qarzlar; v) tuzilgan shartnomalar bo’yicha Yuk boj deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga import qilingan tovar-material qiymatliklar va boshqa aktivlarning kirimi; g) bojxona to’lovlarining amalga oshirilishi; d) xorijiy valuta ko’rinishidagi pulli hujjatlar; ye) xorijiy valutadagi qimmatli qog’ozlar.
Хorijiy valutani sotish va sotib olish buxgalteriya hisobida operatsiya sodir bo’lgan sanaga bo’lgan Markaziy bank kursi bo’yicha aks ettiriladi.
Хorijiy valutani sotish (sotib olish)da sodir bo’ladigan kursdagi farq (ijobiy yoki salbiy) ijobiy bo’lsa – 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida, salbiy bo’lsa – 9620 «Kurs farqlaridan zararlar» schyotida hisobga olinadi.
Хorijiy valutani sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) valuta schyotidan xorijiy valutani Markaziy bank kursi bo’yicha o’tkazilishi: Dt 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti, Kt -5020 «Valuta schyoti».
b) Markaziy bank kursi bo’yicha xorijiy valutani «Blokschyot» dan chiqarilishi: Dt 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi», Kt 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti.
v) valuta bozorida kelishilgan kurs bo’yicha sotilgan xorijiiy valutaning so’m ekvivalentini hisob-kitob schyotiga o’tkazilishi: D-t 5110 «Hisob-kitob schyoti», K-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti.
g) Хorijiy valutani sotishda hosil bo’lgan ijobiy kurs farqini Markaziy bank kursidan ortig’ini aks ettirilishi: D-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi», K-t 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyoti.
d) Хorijiy valutani sotishda hosil bo’lgan salbiy kurs farqini (Markaziy bank kursidan kam) aks ettirilishi: D-t 9620 «Kurs farqlaridan zararlar», K-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti.
O’zining mahsulot (ish, xizmat)lari narxi (tariflari)ni xorijiy valuta ekvivalentida belgilaydigan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zaro hisob-kitoblarni milliy valuta-so’mda olib boradilar.