SHARQ MAMLAKATLARIDA AXLOQ VA TARBIYA Ibrat tarbiyasi insonni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bu ayniqsa, Yunonistonnning mashhur mutafakkirlari – Aflotun va Arastuning nomi bilan bogʻliq pandnomalaridan keng oʻrin olgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida Aflotunning Arastuga, Arastuning Iskandarga nasihati va vasiyatnomalari yaxlit asar sifatida tarqalgan. Arastuning aytishicha, tarbiyachining oʻzi tarbiya koʻrgan, insoniy fazilatlarni egallagan boʻlishi darkor. «Shuni bilginki, - deydi Arastu, - ta’lim-tarbiya bilan shugʻullanuvchi odam oʻzi tarbiya koʻrmagan boʻlsa, boshqalarni tarbiya qilolmaydi. Xulqi yaxshi kishi boshqalarni yaramas, va iflos ishlarga boshlay olmaydi. Agar sen oʻz oʻquvchingni tarbiyalamoqchi boʻlsang, avval oʻz ruhingni yaxshilashdan boshla. Mabodo oʻzgalar aybini bartaraf etmoqni ixtiyor etsang, bundan oldin oʻz nafsingni nuqson va illatlardan tozalashing zarur. Ammo koʻzi ojiz boʻlgan kishi qanday qilib koʻrga yoʻl koʻrsata oladi? Xor va tuban kishi boshqalarga obroʻ va qadr-qimmat ato qila oladimi?».
Bulardan tashqari Sharq mamlakatlarida axloq va ta’lim-tarbiyaga oid «Rushnoinoma», «Qobusnoma» Farididdin Attorning «Pandnoma»si, Oʻbayd Zakoniyning «Sad pand» kabi asarlari keng tarqalgan. Ilk oʻrta asrlarda Arastu va uning izdoshlarining risolalari arab tiliga tarjima qilindi va ularning ta’limotlari Al-Kindiy, Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jomiy, Navoiy va boshqa Sharq faylasuflari tomonidan oʻrganildi va boyitildi.
ADABIYOTLAR: 1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 592 b.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent: Sharq, 1997.
3. Karimov I.A. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 174 b.
4. Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. «Ma’rifat gulshani» gazetasi, 6 (11) – 2007-yil.
5. To’raqulov X.A. Kamolot sari. Jizzax, 2007, 181-182 betlar.
6. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. Toshkent: Fan, 2006, 250 bet.
7. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 8-jild, 270 bet.
8. Quronov M. Otalar kitobi.
9. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika. Toshkent: Fan, 2006, 284 bet.
10. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Fan, 2009. - 480