huquqiy bazani mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq shakllantirish;
vazirliklar va idoralar, muassasalar, davlat hamda nodavlat korxona va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari «Tarbiya» fani konsepsiyasining amalga oshirish tizimini tashkil etadi.
Tashkiliy-boshqaruv asoslari:
Konsepsiyani amalga oshirishning kompleks chora-tadbirlar rejasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning qo‘shma qarorlarni ishlab chiqish;
ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlash, o‘rganish va ularni ommalashtirish, rag‘batlantirishni tashkil etish;
«Tarbiya» fani konsepsiyasining samaradorligini monitoring qilish.
Ilmiy-metodik asoslari:
shaxsning ijtimoiylashuvi va tarbiyasiga oid ilmiy-tadqiqot izlanishlarini amalga oshirilishini ta’minlash;
«Tarbiya» fani malaka talablari, o‘quv dasturlari va o‘quv rejalarini shakllantirish;
«Tarbiya» fani darsliklarini yaratishda samarali tarbiya texnologiyalarini joriy etish;
«Tarbiya» fani o‘quv-metodik majmuasini yaratish va amaliyotga
yo‘naltirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan odob- axloq, bilim, ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish;
umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida ta’lim-tarbiyaning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash.
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Tarbiya fanini o‘qitish talablari quyidagi bosqichlarda ishlab chiqilishi zarur:
boshlang‘ich sinf (A2), to‘qqizinchi sinf (A2+), o‘n birinchi sinf (V1) bitiruvchisiga qo‘yiladigan minimal malaka talablari, kompetensiyalar, baholash tartibi va o‘quv dasturlari. Har bir bosqich ma’naviy-axloqiy, tafakkur, huquqiy, fuqaroviy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, estetik tarbiya turlarini o‘z ichiga olishi lozim;
har bir bosqichda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
o‘quvchilar tarbiyasida oilaning maktab bilan o‘zaro samarali hamkorligini mustahkamlash, ota-onalarga, boshqa millat va madaniyat vakillariga bo‘lgan hurmatni umuminsoniy tamoyildan kelib chiqib shakllantirishni qo‘llab-quvvatlash; bola huquqlarini himoya qilish va ularning qonuniy manfaatlarini
ta’minlash;
uzluksiz ta’lim tizimiga «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» tamoyiliga asoslangan milliy qadriyatlarni singdirish;
o‘quvchilarni har tomonlama, jismoniy, ruhiy, ma’naviy-axloqiy rivojlantirish orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish va turli murakkab vaziyatlarda
to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish;
bolada faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish;
dunyo dinlarining ko‘p asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qadriyat ekanini tushuntirish bilan bir qatorda, hech bir dunyo dinida zo‘ravonlik, terrorizm va ekstremizm g‘oyalari targ‘ib etilmasligini tushuntirish;
shaxs faoliyatida ijtimoiy-ma’rifiy institutlar bilan hamkorlikni kuchaytirish; ma’naviy-axloqiy jihatdan muammosi bor yoki tarbiyasida bo‘shliqlar mavjud bo‘lgan yoki notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka moyil bo‘lgan yoki profilaktik ro‘yxatda turadigan yoshlar bilan individual tarzda ishlash tizimini