Milliy tiklanish


Turizmni iqtisodiyotning strategik sektori



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

7.3. Turizmni iqtisodiyotning strategik sektori 
hamda Vatanimiz imijini oshiruvchi omil sifatida jadal 
rivojlantirish sohasida:
yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga, turizmni 
umummilliy harakatga aylantirishga qaratilgan strategik 
tashabbuslarni amalga oshirish;
“loukoster” – arzon narxlardagi aviaqatnovlarni 
yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mamlakatimizga turistlar oqimi 
yuqori bo‘lgan xorijiy mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni 
ko‘paytirish. Sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish 
bo‘yicha tashabbuslar qilish;
ichki turizmni rivojlantirish, xususan, maktab o‘quv­
chilari, pensionerlar, tashkilot va muassasalar xodimlarini 
ichki turizmga jalb etishni rag‘batlantirish;


59
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash, qishloq 
turizmini rivojlantirish, turistlar uchun mo‘ljallangan 
obyektlarning har tomonlama maqbul bo‘lishi, xususan, 
qulay, arzon narxlardagi transport va mehmonxona 
xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, sohaga zamonaviy axborot 
texnologiyalarini joriy etishni ta’minlash;
turistik faoliyat manzillarida, xalqaro aeroportlarda, 
vokzallarda ko‘rsatilayotgan servis va xizmatlar sifatini 
yaxshilash;
sohadagi mavjud ma’muriy­buyruqbozlikni, xorijiy 
va mahalliy turistlar uchun rasmiyatchilikni bartaraf etish, 
xorijiy turistlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, turistlar uchun 
avtomobil tashuv xizmatlari bilan bog‘liq jarayonlarni 
soddalashtirishga qaratilgan chora­tadbirlarni amalga 
oshirish;
davlatning viza berish tartibini soddalashtirishga 
qaratilgan viza siyosatini davom ettirish, bu borada, 
ayniqsa, biz bilan uzoq muddatli strategik sheriklik alo­
qalarini o‘rnatgan va barqaror turistik bozorga ega bo‘lgan 
davlatlardan kelayotgan fuqarolarga e’tibor qaratish, o‘zaro 
vizalar almashish sohasida interaktiv davlat xizmatlarini 
joriy etish;
“Turizm to‘g‘risida”gi yangi qonun, qonunosti huj­
jatlari, shuningdek, davlat dasturlarining o‘z vaqtida va 
to‘liq ijrosini ta’minlash ustidan parlament, mahalliy Ken­
gash, deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin