O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI IV. IJTIMOIY SOHANI YANADA RIVOJLANTIRISH, MAMLAKATDA TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI TUBDAN ISLOH ETISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI “UZLUKSIZ TARBIYA VA TA’LIM – MUSTAHKAM JAMIYAT VA QUDRATLI DAVLAT POYDEVORI” A
holi turmush sifati va darajasini, yashash qulaylikla
rini oshirish partiyaning ijtimoiy sohada olib borayotgan
faoliyatining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Mustahkam tarbiya va ta’lim tizimi orqali inson kapitalini
rivojlantirish, kam xarajat va tez rivojlanish uchun
innovatsiyalarni qo‘llabquvvatlash.
Partiya bilimli, mas’uliyatli va salohiyatli, erkin
fikrlaydigan, o‘zini va o‘zgalarni hurmat qiladigan, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli avlodni tarbiyalash
tizimi mamlakatimizning kelajagini belgilab beradi, deb
hisoblaydi.
Partiya demokratik tamoyillarni ta’minlashga xizmat
qiluvchi ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy
sohalarda gender tengligini e’tirof etgan holda, ayollar
va erkaklarning o‘ziga xos ehtiyojlarini e’tiborga oladigan
muhitda o‘qish va ishlashlari uchun sharoit yaratilishiga
katta ahamiyat beradi.
Oila – jamiyatning ustuni, ayol oilaning ustuni ekanini
e’tirof etgan holda ayollarning turmush va mehnat
sharoitlarini yaxshilash uchun qonunchilikka o‘zgartishlar
kiritish kerak, deb hisoblaydi.
Partiya oilalarda ijtimoiy va axloqiy muhitni o‘rganish,
muloqotlar olib borish orqali mavjud muammolarni hal
29
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI etish bo‘yicha samarali tizimni qo‘llabquvvatlaydi. Oilada
va oilaviy qadriyatlarda an’anaviy munosabatlarni saqlab
qolish hamda mustahkamlash tarafdoridir.