Milliy tiklanish


Partiya texnologik bazani modernizatsiyalash, ilmiy



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1


Partiya texnologik bazani modernizatsiyalash, ilmiy 
tadqiqot va ishlanmalar, investitsiyalarni rag‘batlantirish, 
ularning natijalarini tijoratlashtirish, budjet, soliq hamda 
boshqa rag‘batlantirish vositalari orqali intellektual mulkni 
kapitallashtirish chora­tadbirlarini qo‘llab­quvvatlaydi.
Biz mamlakat iqtisodiyotida investitsiya muhitining 
yaxshilanishi tarafdorimiz. Investitsiyalar iqtisodiyotimizga, 
eng avvalo, qonunchilik kafolati orqali kirib kelishi lozim.
Hududlarning ijtimoiy­iqtisodiy rivojlanish darajasida 
tafovutni qisqartirish, mahalliy budjet shakllanishi va 
taqsimlanishining huquqiy asoslarini takomillashtirish 
lozim.
Partiya iqtisodiyot sohasida soliqqa tortish tizimini 
soddalashtirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish, 
davlat budjeti barqarorligini ta’minlash, mahalliy budjet 
daromadlarini shakllantirishda erkinlikni oshirish, davlat 
budjeti xarajatlari va budjet defitsiti mo‘tadilligini ta’minlash, 
inflatsiyani jilovlash va pul-kredit siyosati instrumentlari 
ta’sirchaligini oshirish, moliyaviy bozor instrumentlarini 
ko‘paytirishni iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradi, deb 
hisoblaydi.
Raqobatbardosh milliy moliyaviy tizim yaratish, to‘g‘­
ridan­to‘g‘ri investitsiya kirituvchilarni rag‘batlantirish, 
ayrim mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) uchun qo‘shimcha 
qiymat va daromad solig‘ini bekor qilish, bank va moliya 
tizimiga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish.


23
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
3.1. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘r­
satuvchilarning raqobatbardoshligini oshirish so­
hasida:
“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg‘asi 
ostidagi mahsulotlar iste’molini targ‘ib qiluvchi va qo‘llab­
quvvatlovchi tizimni shakllantirish;
xorijiy mahsulotlar o‘rnini bosadigan va xorijga 
sotiladigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mahalliy 
ishlab chiqaruvchilarni har jihatdan qo‘llab­quvvatlash;
ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiya 
qilish, ishlab chiqarishga yo‘naltirilmagan xarajatlarni 
qisqartirish, yangi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
mamlakatimiz poytaxti va hududlarni, shahar va 
qishloqlarni o‘zaro uyg‘un rivojlantirish, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishda hududlar bo‘yicha ayrim nomutanosibliklarga 
barham berish;
xalqimizning, ayniqsa, yoshlarning bevosita Vata­
nimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy sifatli kiyim­
kechakka bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yengil va ixcham 
to‘qimachilik korxonalari sonini ko‘paytirish;
ishlab chiqarish sohasida sodda va qulay litsen­
ziyalash tizimini joriy etish;
milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga 
mos kelmaydigan mahsulotlardan (ishlar, xizmatlardan) 
muhofaza etishning huquqiy asoslarini kuchaytirish;
sanoat, transport, kommunikatsiya va boshqa ishlab 
chiqarish sohalarida, shuningdek, xizmat ko‘rsatishda 
xususiy mulkning ulushini tobora oshirish;
xalqimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
yaratilayotgan mahsulotlardan foydalanish kayfiyati va 
ko‘nikmasini shakllantirish.


24

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin