20
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
to‘g‘ridanto‘g‘ri ishlaydigan qonunlar qabul qilinishini
ta’minlash, qonunosti normativhuquqiy hujjatlarni
qisqartirish, shuningdek, vazirlik, davlat qo‘mitasi va
idoralar tomonidan normativhuquqiy
hujjatlarni qabul
qilishni eng kam darajaga yetkazish va bu amaliyotni
bosqichmabosqich bekor qilish;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun loyihalarini
birinchi o‘qishda qabul qilish hamda fraksiyalarda
muhokama etishda ma’ruzachi sifatida deputat emas,
balki qonunchilik tashabbusi
huquqiga ega subyektlarning
mansabdor shaxslari yoki mas’ul vakillari ishtirokini
qonunchilikda mustahkamlash;
qonun ijodkorligi jarayoniga zamonaviy yonda
shuvlarni joriy etish maqsadida iqtisodiyot, savdo, sanoat,
energetika, sog‘liqni saqlash, turizm,
logistika, transport,
aviatsiya sohalariga oid qonun hujjatlarini xalqaro
standartlar va rivojlangan xorijiy
davlatlar qonunchiligiga
uyg‘unlashtirish;
qonun hujjatlari loyihalarini manfaatdor tashkilotlar
bilan kelishishning elektron tizimini yo‘lga qo‘yish;
qonunchilik tashabbusini ilgari surish borasida
mavjud tartiblarni takomillashtirish, bunda tashabbusni
xalq muammolarini
yechishga qaratilganligiga, tegishli
ilmiy yondashuvlar, aniq ijtimoiy so‘rovlar
vositasida
asoslashga e’tibor qaratish;
qonun loyihalarini keng ommaga e’lon qilish,
bildirilgan taklif va mulohazalarni to‘liq o‘rganishni yo‘lga
qo‘yish.