15
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
II. MAMLAKATDA QONUN USTUVORLIGINI
TA’MINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA
ISLOH ETISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
“DAVLAT RIVOJI HAMDA JAMIYAT
FAROVONLIGIGA QONUNLARGA O‘Z
VAQTIDA O‘ZGARTISH VA
QO‘SHIMCHALAR KIRITISH,
ULARNING TO‘LIQ IJROSINI
TA’MINLASH ORQALI ERISHISH”
Q
onun ustuvorligini ta’minlash va sudhuquq tizimini
yanada isloh qilish, sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi
va fuqarolar huquq hamda erkinliklarini ishonchli himoya
qilish kafolatlarini mustahkamlash — jamiyatimiz uchun
kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir.
Demokratik jamiyatni shakllantirishni jadallashtirish
va bu boradagi islohotlar muvaffaqiyati ko‘p jihatdan
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga
bog‘liq. Partiya sudhuquq sohasida demokratik jamiyatning
asosi va huquqiy tizim mukammalligi ko‘rsatkichi bo‘lgan
fuqarolarda huquqiy ong va madaniyatni oshirishni o‘zining
asosiy vazifalaridan biri, deb hisoblaydi.
Partiya qonunlar ustuvorligini so‘zsiz ta’minlash,
jumladan, inson huquq va erkinliklari, xususiy mulk
daxl sizligi, qonunlarning amaliy ijrosi, birbiriga zid yoki
takrorlanayotgan normalarga barham berish bo‘yicha
tizimli faoliyat olib boradi.
Dostları ilə paylaş: