1.4. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini
yanada oshirish, mamlakatimiz va xorijda keng targ‘ib
etish sohasida:
davlat tilini boyitish va yanada takomillashtirish,
til madaniyatini, o‘zaro muomala sifatini yuksaltirishga
yo‘naltirilgan choratadbirlar majmuasini ishlab chiqish,
rasmiy hamda ommaviy muomalada o‘zbek adabiy tili
me’yor va qoidalari buzilishining oldini oladigan aniq va
13
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
maqsadli ishlarni olib borish;
o‘zbek tilini rivojlantirish, uning sofligi, foydalanish
uchun qulay bo‘lishi, iste’molda oson va ravon qo‘llanilishini
ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida hamda
rasmiy doiralarda davlat tili qo‘llanilishiga, shuningdek,
qonun hujjatlari va idoraviy yozishmalarning to‘liq davlat
tilida yozilishiga erishish;
mamlakat ichkarisi va tashqarisida o‘zbek tilini
o‘rganish uchun sharoit yaratish, shu jumladan, o‘zbek
tilini o‘rgatishga yo‘naltirilgan bepul onlayn platformalarni
yaratishga ko‘maklashish;
o‘zbek tilidagi ma’lumotlar bazasini kengaytirish,
jumladan, xorijiy tillardagi ilmiyamaliy va kasbga
oid kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni qo‘llab
quvvatlash;
O‘zbekistondan tashqarida istiqomat qiluvchi
vatandoshlarimizning o‘zbek tili va madaniyatiga bo‘lgan
hayotiy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish;
ommaviy axborot vositalarida, xususan, televideniye,
radio va ko‘chalarda reklamalar va boshqa tashqi
yozuvlarning davlat tilida bo‘lishini ta’minlash;
har yili keng jamoatchilik va davlat xizmatchilari
o`rtasida o‘zbek tili bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish;
vatandoshlarimiz istiqomat qiladigan xorijiy
mamlakatlarda o‘zbek tilini o‘rgatish va targ‘ib qilish
bo‘yicha doimiy tadbirlar o‘tkazish;
o‘zbek tilining mukammal lug‘atlarini ko‘paytirish,
o‘zbek tilidagi elektron dasturlar yaratilishini rag‘batlantirish
hamda amalda qo‘llanilishiga erishish;
o‘zbek tilidagi internet milliy qidiruv tizimini yaratish,
o‘zbek tilidagi ilmiy, o‘quv manbalarini o‘z ichiga oluvchi
|