O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv, sud jarayonida
advokat va prokurorning teng huquqliligini tom ma’noda
ta’minlash;
sud hokimiyati va sudyalarning gorizontal va
vertikal mustaqilligini ta’minlash, ularning oylik ish haqlari
boshqa hokimiyat organlari xodimlarining oyliklaridan kam
bo‘lmasligini ta’minlash;
jazoni ijro etish muassasalarini va boshqaruvini
Adliya vazirligiga o‘tkazish yoki mustaqil tizimga aylantirish
masalasini keng muhokama qilish;
sudhuquq sohasini liberallashtirishda aybsizlik
prezumpsiyasiga amal qilishning huquqiy me’yorlarini
takomillashtirish, sudning qonuniy kuchga kirgan
qarori bo‘lmagunga qadar tergov, surishtiruv organlari
tomonidan shaxslarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda aybdor
deb e’lon qilish, ularning shaxs sifatidagi huquqlarini
poymol etish, fuqarolarga qiynoqlar bilan noinsoniy,
shafqatsiz muomala qilishni cheklaydigan aniq huquqiy
mexanizmlarni yaratish;
Sudyalar oliy Kengashining mustaqilligini to‘liq
ta’minlash, sudyalar korpusini shakllantirishda jamoatchilik
ishtirokini ta’minlash, jumladan, tuman, shahar va viloyat
sudlari sudyalarini tanlash va tayinlashda jamoatchilik
fikrini inobatga olish tizimini joriy etish;
yoshlarga oid sud ishlarida jamoatchilik himoyachilari
sifatida jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokini keng joriy
etish amaliyotini qo‘llabquvvatlash;
“Barqaror qonunchilik” konsepsiyasini amalda ta’
minlash, ya’ni qonun hujjatlariga puxta ishlanmagan
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, yangi qonun hujjatlarini
asossiz qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, qonun
hujjatlarini uzoq yillarni ko‘zlab qabul qilish amaliyotiga o‘tish;
18
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI qonunosti hujjatlarini qabul qilishning qat’iy mezon
larini belgilash.