Milliy tiklanish


Gender xususiyatlarini e’tiborga olgan holda



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

4.3. Gender xususiyatlarini e’tiborga olgan holda 
ijtimoiy himoyani mustahkamlash sohasida:
ayollarning oiladan, farzand tarbiyasidan ajral­
magan holda hunarmandchilik, kasanachilik, tomor­
qachilik bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart­sharoit 
yaratish va rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni olib 
borish;
xotin­qizlarning ijtimoiy muammolarini hal etishning 
konstruktiv tizimini joriy etish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin­
qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya va himoya qilish borasidagi 
ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish;
ma’lum sabablar bilan uzoq vaqt xorijda bo‘lib 
qaytgan ayol va erkaklarni oilasiga, vataniga moslashtirish 
uchun zarur shart­sharoitlar yaratishda ko‘maklashish;
ajrim oqibatida uy­joysiz qolgan ayollar va ularning 
farzandlari manfaatlarini himoya qilish;
yosh oilalar bandligini ta’minlashda erkak va 
ayollarning mas’uliyatini barobar oshirishga erishish;
xotin­qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib 
qolgan xotin­qizlarni qo‘llab­quvvatlash;
qishloq joylardagi ayollar va yosh qizlarni oilaviy, 
xususiy tadbirkorlikka hamda hunarmandchilikka ko‘proq 
jalb etish, qo‘llab­quvvatlash maqsadida hamkorlikni keng 
yo‘lga qo‘yish; 
oilalardagi ijtimoiy­ma’naviy muhitni sog‘lomlash­
tirishda erkaklar va xotin­qizlar bilan yakka tartibda ishlash 
tizimini yo‘lga qo‘yish;
ta’limdagi global hamkorlik tamoyiliga asosan 
oliy ta’lim muassasalarining rivojlanish konsepsiyasida 
mutaxassislar tayyorlashning barcha faoliyat sohalarida 


34
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
gender tengsizligidan xalos bo‘lish va gender tengligining 
ta’minlanishini aks ettirish;
oliy ta’lim muassasasiga kirishdan oldin maktab 
o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil 
etishda qizlar uchun STEAMga (ilm­fan, texnologiya, 
muhandislik va matematika), o‘g‘il bolalar uchun 
pedagoglik kasbiga yo‘naltiruvchi fanlarni o‘qitish 
va kelajakda ushbu yo‘nalishlarda faoliyat olib 
borishlarini rag‘batlantirish bo‘yicha chora­tadbirlarni 
joriy etish;
o‘qituvchilik kasbini ayollar kabi erkaklar ham hissa 
qo‘shishi talab qilinadigan jamiyat uchun foydali xizmat turi 
sifatida targ‘ib qilish orqali yigitlarni o‘qituvchilik kasbiga 
jalb etish;
xotin­qizlar va bolalarning ommaviy jismoniy 
tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari, sanatoriy­kurort­
larda davolanishlari, dam olishlarini rejalashtirish va 
tashkillashtirishda ko‘maklashish.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin