23
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
3.1. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘r
satuvchilarning raqobatbardoshligini oshirish so
hasida:
“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg‘asi
ostidagi mahsulotlar iste’molini targ‘ib qiluvchi va qo‘llab
quvvatlovchi tizimni shakllantirish;
xorijiy mahsulotlar o‘rnini
bosadigan va xorijga
sotiladigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mahalliy
ishlab chiqaruvchilarni har jihatdan qo‘llabquvvatlash;
ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiya
qilish, ishlab chiqarishga yo‘naltirilmagan xarajatlarni
qisqartirish, yangi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
mamlakatimiz
poytaxti va hududlarni, shahar va
qishloqlarni o‘zaro uyg‘un rivojlantirish, iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishda hududlar bo‘yicha ayrim nomutanosibliklarga
barham berish;
xalqimizning, ayniqsa, yoshlarning bevosita Vata
nimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy sifatli kiyim
kechakka bo‘lgan
ehtiyojini qondirish, yengil va ixcham
to‘qimachilik korxonalari sonini ko‘paytirish;
ishlab chiqarish sohasida sodda va qulay litsen
ziyalash tizimini joriy etish;
milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga
mos kelmaydigan mahsulotlardan (ishlar, xizmatlardan)
muhofaza etishning huquqiy
asoslarini kuchaytirish;
sanoat, transport, kommunikatsiya va boshqa ishlab
chiqarish sohalarida, shuningdek, xizmat ko‘rsatishda
xususiy mulkning ulushini tobora oshirish;
xalqimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan
yaratilayotgan mahsulotlardan
foydalanish kayfiyati va
ko‘nikmasini shakllantirish.