Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
asoslarini mustahkamlash, bosma va elektron vositalarni 
davlat tomonidan moddiy qo‘llab­quvvatlash bo‘yicha keng 
ko‘lamli ishlarni amalga oshiramiz.
Partiya globallashuv sharoitida millatimizning o‘ziga 
xosligini saqlashni ta’minlash, uning xavfsiz axborot 
rivoji uchun asos yaratish, ishlab chiqarish va boshqaruv 
jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat 
axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda 
faol ishtirok etish, tashabbuskor bo‘lishni o‘z faoliyatining 
ustuvor vazifasi, deb biladi.
Internet jahon axborot tarmog‘ida bilimlar, axborot 
makonini shakllantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning dunyo­
qarashini kengaytirish hamda ijodiy salohiyatini rivoj­
lantirishga qaratilgan ma’rifiy va foydali veb-resurslarni 
yaratishni qo‘llab­quvvatlaydi.
8.1. Milliy axborot makonini rivojlantirish sohasida:
ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish va ax­
borot sohasini yanada liberallashtirish hamda demok­
ratlashtirish, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyati 
ochiqligini ta’minlash, aholining axborot madaniyatini 
oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
ochiq axborot makonini yaratish, shu jumladan, 
xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasi egal­
lagan o‘rnini izchil yaxshilash va mamlakatimizning 
ommaviy axborot vositalari erkinligi indekslari yuqori 
darajada bo‘lgan ilg‘or davlatlar qatoriga kirishini 
ta’minlash;
ochiq axborot makoni yaratishning huquqni 
qo‘llash amaliyotini hamda tashkiliy­huquqiy va iqtisodiy 
asoslari joriy holatini monitoring qilish, shuningdek, ularni 


65
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab 
chiqish;
milliy axborot resurslarini mazmunan boyitib borish, 
ularning madaniy, badiiy darajasini oshirish, intellektual 
va tarbiyaviy xususiyatga ega materiallar kiritilishini 
rag‘batlantirish;
milliy ommaviy axborot vositalarining rivojlanishiga 
yo‘naltirilgan faoliyat olib borish, ularning moddiy­texnik 
bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq loyihalar va 
dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini, 
uning axborot suverenitetini ta’minlashga qaratilgan 
siyosat yuritish;
dolzarb milliy axborot tizimlari va axborot resurslarini 
shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlariga ko‘mak­
lashish, shuningdek, elektron davlat xizmatlari sifati va 
aholining ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi 
axborotdan, yoshlarni tashqi salbiy axborot xurujlaridan 
himoya qilish, shuningdek jamiyatimizda konstruktiv 
kommunikatsiyalar muhitini yaratishga ko‘maklashish.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin