66
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
bolalar va yoshlarni jismoniy va ma’naviy kamolotiga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlardan muhofaza qilish
ishlarini kuchaytirish;
barcha turdagi
ommaviy axborot vositalari, ayniqsa,
bosma nashrlarning erkin, sog‘lom raqobat muhitida
samarali faoliyat yuritishi uchun davlat tomonidan tashkiliy
huquqiy
sharoitlarni yaratish;
jurnalistlar va blogerlarning erkin faoliyat olib borish
kafolatini qonunchilikda yanada takomillashtirish, shu
ningdek, ularning axborot tarqatishdagi mas’uliyatini oshi
rish;
OAV sohasida xalqaro
amaliyotdan kelib chiqqan
holda kadrlar tayyorlash salohiyatini oshirish, OAVda
raqobat
muhitini yaratish;
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini
mustahkamlash bo‘yicha axborot sohasida yagona davlat
siyosatini shakllantirish,
shu jumladan, davlatimizning
iqtisodiy imkoniyatlari,
investitsion jozibadorligi, turizm
salohiyati, madaniy-ma’rifiy, badiiy-ilmiy merosi bilan
bog‘liq axborotlar hajmini
jahon miqyosida keskin
ko‘paytirish maqsadida alohida milliy dastur ishlab chiqish
va uni tizimli ravishda amalga oshirib borish;
xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonda
amalga
oshirilayotgan islohotlar, Vatanimizning madaniyati,
san’ati va milliy qadriyatlari haqidagi xabarlar salmog‘ini
oshirish;
axborotning to‘g‘ri va xolisligini ta’minlash maqsadida
mamlakatning chet ellardagi muxbirlik punktlari faoliyatini
bosqichmabosqich yo‘lga qo‘yish, “Xalqaro megainfotur”
anjumanlarini o‘tkazish;