19
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
jinoiy ishlarga oid qonunchilikni yanada liberal
lashtirish, ayrim jinoyatlarni dekriminalizatsiya qilish
siyosatini, jinoiy jazolar ijrosi tartibini yengillashtirishni
davom ettirish;
monopol faoliyat, shuningdek, tibbiyot sohasidagi
qonunbuzilishlar, xususan, tibbiy yordam ko‘rsatmaganlik,
tashxis va davolash bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotnoma
berganlik va boshqa holatlar uchun ma’muriy va jinoiy
javobgarlik belgilash;
ma’muriy sudlov ishlariga yarashtiruv institutini keng
joriy etish;
xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilayotgan jinoyat
huquqining zamonaviy institutlarini milliy qonunchilikka
implementatsiya qilish, xususan, faqat jabrlanuvchining
arizasi mavjud bo‘lgandagina qo‘zg‘atiladigan alohida
jinoiy ishlar toifasini kengaytirish;
oila, meros, uyjoy da’vosi va maishiy turmushda
vujudga keladigan boshqa nizolarni sudgacha hal etish
tizimini rivojlantirish, shu jumladan, har qanday nizoni
xalqimizga xos bo‘lgan tinch yo‘l bilan hal etishga intilish
va murosa yo‘lini izlash, ishlarni sudgacha hal etish
institutlarini keng qo‘llash orqali amaliyotda sud tartibida
ko‘rib chiqiladigan ishlarning ulushini kamaytirish;
sudyalarning ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda
tuman, shahar va viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan
jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va iqtisodiy sudlarni birlashtirish.
Dostları ilə paylaş: