Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
6.2. Yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi 
uchun zararli bo‘lgan “ommaviy madaniyat”ning 
salbiy ta’siridan muhofaza qilish sohasida:
yoshlarni milliy tiklanish va yuksalish g‘oyasi, milliy 
madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash;
faol zamondoshlarimizning badiiy obrazlari ta’sir­
chanligini kuchaytirishga, milliy­ma’naviy tiklanish va yuk­
salishga qaratilgan ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni uyush­
tirish, ma’naviy-ma’rifiy markazlar tashkil etish va ularning 
faoliyatini rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi Milliy 
kutubxona fondini ko‘paytirish, yoshlarni kutubxonalarga 
keng jalb etish;
yosh avlodni, birinchi navbatda, kitobga muhab­
bat va hurmat­ehtirom ruhida tarbiyalash, ularda mat­
baachilik mahsulotlariga qiziqishni kuchaytirish, O‘zbe­
kiston xalqining tarixi, ma’naviy­madaniy merosiga doir 
adabiyotlarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan mual­
liflar, bosmaxonalar, nashriyotlarni iqtisodiy jihatdan 
rag‘batlantirish;
ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarning mamla­
katimizdagi mavjud madaniy­tarixiy maskanlarga ommaviy 
tashriflarini uyushtirish, teatr va kinozallarda ochiq 
eshiklar kunlarini tashkil etish, yoshlarning O‘zbekiston 
tarixi va madaniyati to‘g‘risida ma’lumotlar beradigan 
ko‘rgazmalarga tashrifini ta’minlash;
bolalarning ruhiy­ma’naviy dunyosi va madaniy 
saviyasini o‘stirib borish, ularning milliy va jahon musiqa 
madaniyatining eng yaxshi asarlari bilan oshno bo‘lishi 
uchun qulay shart­sharoitlar yaratish, yoshlarimizning 
xalqaro nufuzli tanlov va festivallarda ishtirok etib, sovrinli 
o‘rinlarni qo‘lga kiritishiga ko‘maklashish;


52
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
yoshlarni xalqimizga yot bo‘lgan “ommaviy mada­
niyat”ning salbiy ta’siridan, ma’naviy­axloqiy shakllanishi, 
qadriyatlari, hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin 
bo‘lgan axborotlardan himoya qilish;
“Jaholatga qarshi ma’rifat” konsepsiyasi doirasida 
jamiyatda, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida an’anaviy islom 
dini prinsiplarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibotni 
amalga oshirish;
bolalar uchun ishlab chiqariladigan turli xil oziq­
ovqat va nooziq­ovqat mahsulotlarini ularning sog‘lig‘i, 
dunyoqarashi, tarbiyasi, ma’naviy saviyasiga ta’siri nuqtayi 
nazaridan ixtisoslashgan pedagogik­psixologik va tibbiy 
ekspertizadan o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekistonning boy tarixi, buyuk allomalar, davlat va 
siyosat arboblarining ibratli hayotiga bag‘ishlangan tarixiy, 
ommabop filmlar, bolalar uchun multfilmlar yaratilishini 
rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin