Milliy tiklanish


O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
ayni paytda, tiklanishga muhtoj milliy qadriyat va an’analar, 
milliy qadriyat va an’analarimizga zid, ayni paytda, 
ommalashgan an’analar, barqaror saqlanishi lozim bo‘lgan 
milliy qadriyat va an’analar kabi turkumlarga ajratish;
nodir va qo‘lyozma asarlar saqlanayotgan ham da 
o‘rganilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq­
shunoslik instituti faoliyatini jonlashtirish va kengaytirish, 
ushbu faoliyatga davlat va xususiy sektor mab lag‘larini 
yo‘naltirishni rag‘batlantirish;
xorijiy mamlakatlarning yozuvchilari tomonidan 
yara 
tilgan Vatanimiz tarixi va madaniyatiga aloqador 
adabiyotlarning ro‘yxatini shakllantirib, ularni o‘zbek va 
boshqa tillarga tarjima qilish ishlarini amalga oshirish;
dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk 
allomalarimizning O‘zbekiston hududidan tashqarida dafn 
etilgan joylarini aniqlash, ularning qabr va maqbaralarini 
obod qilish, shuningdek, yurtimizning turli hududlarida 
ularning ramziy qabr va maqbaralarini bunyod etish. 
Jumladan, hozirgi kunda G‘aznada Abu Rayhon Beruniy, 
Qobulda Zahiriddin Muhammad Bobur, Istanbulda Alouddin 
Ali ibn Muhammad al­Qushchi, Tunjelida Jaloliddin 
Manguberdi, Hirotda Alisher Navoiy, Lutfiy, Kamoliddin 
Behzod, Husayn Boyqaro va boshqalarning qabrlarini, 
maqbaralarini obod qilish, shuningdek, yurtimizda ramziy 
qabr va maqbaralarini qurish tashabbusi bilan chiqish.


55
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
VII. MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA 
QILISH HAMDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING 
USTUVOR YO‘NALISHLARI
“MADANIY MEROSNI SAQLAB,
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNI
UMUMMILLIY HARAKATGA 
AYLANTIRISH”
P
artiya O‘zbekistonning qadimiy shahar va qishloqlari 
tarixiy qiyofasini muhofaza qilish, butun insoniyatning 
madaniy merosi bo‘lgan tarixiy joylar, arxitektura yod­
gorliklarini saqlash va qayta tiklash bo‘yicha qonunchilik 
normalarini takomillashtirish bo‘yicha sa’y­harakatlarni 
amalga oshiradi. Jumladan, Madaniyat vazirligi huzuridagi 
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish institutini 
qayta tiklash, arxeologik tadqiqotlarni va Arxeologiya 
institutini moliyalashtirish tizimini isloh etish, shu sohada 
faoliyat ko‘rsatuvchi ilmiy hamda texnik xodimlarni ijtimoiy 
va moddiy jihatdan qo‘llab­quvvatlash bo‘yicha aniq chora­
tadbirlar ishlab chiqish zarur, deb biladi.
Turizm sohasining milliy iqtisodiyotning strategik tarmog‘i 
sifatidagi o‘rnini kuchaytirish, mamlakatning ijobiy imijini 
turizm va investitsiya salohiyati, tarixi va madaniyatini 
dunyoga targ‘ib qilish orqali oshirish, yurtimizni turizm 
rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish bizning eng 
asosiy maqsadimiz hisoblanadi.
Turizm — iqtisodiyotning rivojlanish jarayonini yanada 
tezlashtiruvchi omil sifatida muhim o‘rin tutadi. Qo‘shimcha 
ish o‘rinlari yaratilishiga, iqtisodiy faol aholining bandligini 
oshirishga, millat farovonligini yuksaltirishga, milliy, 


56

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin