Milliy tiklanish


Madaniy meros obyektlari muhofazasining



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/57
tarix02.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#171628
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57
7yPoc8uoKsyKt8mcv9P1

7.2. Madaniy meros obyektlari muhofazasining 
tashkiliy­huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish 
sohasida:
yangi madaniy meros obyektlarini aniqlash orqali 
amalda mavjud bo‘lgan 8 mingdan ortiq moddiy­madaniy 
meros obyektlarini 10 mingdan oshirish choralarini ko‘rish 
va uning tashabbuskori bo‘lish;
madaniy meros obyektlarini saqlash va ulardan 
foydalanish ustidan doimiy parlament, deputatlik va 
jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va kengaytirish;
muzey, arxiv, kutubxona va boshqa saqlash joylarida 
mavjud madaniy meros obyektlarining umumiy ro‘yxatini, 
ularni ro‘yxatga olish, saqlash va foydalanish tartibini 
ishlab chiqish;
madaniy meros obyektlarini o‘rganish, saqlash 
bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning ijtimoiy muhofazasini 
kuchaytirish, moddiy qo‘llab­quvvatlash bilan birga ular­
ning bilim va salohiyatlarini oshirish;
madaniy meros obyektlarining, shu jumladan, te­
kinga foydalanishga yoki ijaraga berilgan moddiy­madaniy 
meros obyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq saqlanishi 
ustidan doimiy nazorat o‘rnatish;
moddiy­madaniy meros obyektlarining kadastr huj­
jatlarini rasmiylashtirish, obyektlar joylashgan yer may­
donlarini xo‘jalik muomalasidan chiqarish, davlat muho­
fazasiga olish, qo‘riqlanadigan tegralarini, himoya che­
garalarini belgilashni yakuniga yetkazish;


58
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
moddiy­madaniy meros obyektlarini tashqi ta’sirdan 
(yog‘ingarchilik, shamol, sho‘rlanish, yer osti suvlari, zilzila, 
yo‘llar yaqinligi tufayli transport vositalari harakatidan 
hosil bo‘layotgan zirillash va boshqalardan) zararlanishi 
holatlarining oldini olish va muhofazasini kuchaytirish;
madaniy meros obyektlarini konservatsiyalash, res­
tavratsiya qilish va tiklash uchun respublika budjetidan 
ajratiladigan mablag‘larni yildan yilga ko‘paytirish, mahalliy 
budjet mablag‘lari jalb qilishni ta’minlash;
madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish tartibini 
kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish;
YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga 
kiritilgan tarixiy shaharlarning Boshqaruv rejalarini 
ishlab chiqishni, madaniy merosimizni YUNESKOning 
Umumjahon merosi ro‘yxatiga, Insoniyat nomoddiy­
madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga, shuningdek, 
Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritish tashabbusini qo‘llab­
quvvatlash.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin