7.4. Turizm sohasidagi huquqiy bazani takomil lashtirish, ushbu yo`nalishdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rag‘batlantirish sohasida: turizm sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish
va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, turizm bozorida
60
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI samarali raqobat darajasini ta’minlash uchun qulay shart
sharoit yaratish;
turizm infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish obyektlarini
barpo etishda davlat organlari bilan xususiy sektorning
o‘zaro aloqalarini rivojlantirishning eng samarali vositasi
sifatida davlatxususiy sherikchilik konsepsiyasini amalga
oshirish;
hududlarda turizmning istiqbolli turlarini rivojlantirish
hamda turistlarni jalb qilishda mavsumiy bog‘liqliklarni
bartaraf etishga qaratilgan animatsion dasturlarni ishlab
chiqish;
turizm infratuzilmasi obyektlarida servis xizmati
sifatini samarali boshqarishning “Quality controlling”
onlayn platformasini ishga tushirish;
milliy turistik mahsulot to‘g‘risidagi tijorat axborotini
ommalashtirishning targeting strategiyasini shakllantirish;
hududlar turistik brendlari reklamasi jozibadorligini
ta’minlash maqsadida kopirayterlar ijodiy ishlari tanlovini
tashkil etish;
milliy turistik mahsulotni tashqi bozorlarda targ‘ib
qilishda sotsialmedia imkoniyatlarini maqsadli yo‘naltirish;
O‘zbekistonning turistik xizmatlar eksporti geog
rafiyasini kengaytirishda “Revenue management” tah-
lillaridan foydalanish.
7.5. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish asosida turizm xizmatlari turlarini ko‘paytirish, turizm va transport xizmatlari sifatini oshirish sohasida: turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etishga
qaratilgan loyihalarni amalga oshirish jarayonini
soddalashtirish;