59
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash, qishloq
turizmini rivojlantirish, turistlar uchun mo‘ljallangan
obyektlarning har tomonlama maqbul bo‘lishi, xususan,
qulay, arzon narxlardagi transport va mehmonxona
xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, sohaga zamonaviy axborot
texnologiyalarini joriy etishni ta’minlash;
turistik faoliyat manzillarida, xalqaro aeroportlarda,
vokzallarda ko‘rsatilayotgan servis va xizmatlar sifatini
yaxshilash;
sohadagi mavjud ma’muriybuyruqbozlikni, xorijiy
va mahalliy turistlar uchun rasmiyatchilikni bartaraf etish,
xorijiy turistlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, turistlar uchun
avtomobil tashuv xizmatlari bilan bog‘liq jarayonlarni
soddalashtirishga qaratilgan choratadbirlarni amalga
oshirish;
davlatning viza berish tartibini soddalashtirishga
qaratilgan viza siyosatini davom ettirish, bu borada,
ayniqsa, biz bilan uzoq muddatli strategik sheriklik alo
qalarini o‘rnatgan va barqaror turistik bozorga ega bo‘lgan
davlatlardan kelayotgan fuqarolarga e’tibor qaratish, o‘zaro
vizalar almashish sohasida interaktiv davlat xizmatlarini
joriy etish;
“Turizm to‘g‘risida”gi yangi qonun, qonunosti huj
jatlari, shuningdek, davlat dasturlarining o‘z vaqtida va
to‘liq ijrosini ta’minlash ustidan parlament, mahalliy Ken
gash, deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
Dostları ilə paylaş: