O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI mamlakatning Samarqand, Buxoro, Xorazm kabi
an’anaviy turizm markazlaridan boshqa hududlarida ham
ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, turizmning
yangi turlarini rivojlantirish choralarini ko‘rish;
yo‘lovchi tashish tizimida islohotlarni chuqurlashtirish,
mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni jalb qilish hisobiga
raqobatni kuchaytirish va xizmat sifatini oshirish;
mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish, u orqali
aholining boy tariximiz, madaniyat, urfodat, an’ana va qad
riyatlarimiz haqidagi bilimlarini oshirish, turizm xizmatlari
importini qisqartirish;
“Har bir oila – tadbirkor” loyihasini turizm sohasiga
keng joriy etish.
7.6. O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, mamlakatning sayohat va dam olish uchun eng qulay manzil sifatidagi imijini mustahkamlash sohasida: O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini yirik
xalqaro turizm bozorlarida targ‘ib etishga qaratilgan
samarali strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
turizm faoliyati subyektlarini rag‘batlantirish orqali
mamlakat turizm salohiyatini targ‘ib qilishga keng jalb
etish;
turizm mahsulotlarini targ‘ib etishda internet
tarmog‘idan, noan’anaviy marketing usullaridan (festivallar
harakatini ommalashtirish, xorijiy mamlakatlarda axborot
markazlari tashkil etish va b.) keng foydalanishga e’tibor
qaratish.
7.7. Turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyor lash va qayta tayyorlash hamda turizm sohasi
62
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI sub yektlarining malakasini oshirish tizimini tako