Yuneskoning asosiy maqsadi.
O'zbekiston va yunesko o'rtasidagi amaliy muloqot.
Yunesko butunjahon merosi obektlari ro‘yxati.
Yunesko Ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi
faoliyatini takomillashtirish to’g’risida.
`
Yuneskoga 191 mamlakat (2006), shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi a'zodir. Mazkur
tashkilot tomonidan tuzilgan Jahon merosi ro'yxatiga er yuzidagi 830 ta tabiiy va madaniy
ob'ektlar kiritilgan (2006).
Yunesko doirasida O'zbekistonda ko'plab ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Abu Rayhon
Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining 1000 yillik, Mirzo Ulug'bek (1994)
tavalludining 600 yillik, Amir Temur (1996) tavalludining 660 yillik tantanalari keng
nishonlangan. Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shaharlarining 2500 yilligi,
SHahrisabzning 2700 yilligi (2002) munosabati bilan maxsus dasturlar doirasida yirik tadbirlar
uyushtirilgan. Imom Buxoriy, Ahmad Farg'oniy, Burxoniddin Marg'inoniy, Imom Motrudiy, Imom
Termiziy, Bahovuddin Naqshband kabi qator siymolarning yirik tavallud sanalari O'zbekistonda
Yunesko shafeligida keng nishonlangan.
Keyingi davrda O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi amaliy muloqot izchil
rivojlanib, sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanmoqda. Bugungi
kunda YUNESKO tomonidan O'zbekiston uchun birinchi marta qabul qilingan
Mamlakat dasturi doirasida ustuvor yo'nalishlar bo'yicha qo'shma chora-
tadbirlar samarali amalga oshirilmoqda.
Jahonning ilg'or tajribasini chuqur o'rganish va jalb etish maqsadida
yurtimizda YUNESKO kafedralari tarmog'i kengaymoqda. O'zbekistonning
etakchi oliy ta'lim muassasalarida "Dunyo dinlarini qiyoslama tadqiq etish",
"Suv diplomatiyasi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit muhofazasi",
"Madaniyat turizmi" kabi kafedralar ochilgan.
Xalqimizning noyob madaniy-tarixiy merosini asrash sohasida
hamkorlikni yanada faollashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
YUNESKO ko'magida mamlakatimizda "SHarq taronalari", baxshichilik
san'ati, hunarmandchilik festivallari, “Maqom san'ati” anjumani kabi
qator yirik xalqaro tadbirlar tashkil etilmoqda.
Qo'shimcha ma'lumot uchun: YUNESKOning Parij shahridagi Bosh
qarorgohi 1958 yil 3 noyabrda ochilgan. Ushbu bino Parij shahridagi
Sena daryosining so'l qirg'og'ida joylashgan. Lotincha “Y” belgisiga
o'xshash bino loyihasi Xalqaro me'morlar guruhi tomonidan ishlab
chiqilgan bo'lib, unda AQSHdan Marsel` Breyer, Italiyadan P`er Luidji
Nervi va Frantsiyadan Bernar Zerfyus kabi arxitektorlar ishtirok
etishgan. Bino arxitekturasi ham o'ziga xos bo'lib, u 72 ta beton ustun
ustiga o'rnatilgan. Uchta korpusdan tashkil topgan binoning 1068 ta
derazasi barcha xonalariga etarli miqdorda yorug'lik tushishini
ta'minlaydi.
Odri Azule – 2017 yil 15 noyabrdan buyon YUNESKOning Bosh
direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1972 yil 4 avgustda Parijda tug'ilgan. 2000 yilda Frantsiya
administratsiyasi milliy maktabini tamomlagan. SHundan so'ng
Il`-de-Frans mintaqasi Hisob palatasida ishlagan. 2014 yilda
Frantsiyaning sobiq Prezidenti Fransua Ollandning maslahatchisi,
2016-2017 yillarda Frantsiya Madaniyat va kommunikatsiya
vaziri sifatida faoliyat yuritgan
.
BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida 2022-yil 20-sentabr kuni
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar
Tashkilotining ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti (YUNESKO)
Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot chog’ida O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati
va uni rivojlantirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.
Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari bo'yicha fikr
almashildi.
Odri Azule YUNESKO O'zbekistondagi islohotlar va o’zgarishlar siyosatini
qo'llab-quvvatlashi hamda respublikaning xalqaro tashabbuslarni amalga oshirishda
har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi. U O'zbekiston tomonini
YUNESKOning nufuzli va nufuzli boshqaruv organlaridan biri bo'lgan Nomoddiy
madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha hukumatlararo qo'mitaga a’zo bo’lgani
bilan tabrikladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021-yili
Jahon madaniy meros masalalari bo‘yicha Xalqaro maslahat qo‘mitasinining tashkil
etilgani muhim ahamiyatga ega bo’lgani qayd etildi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi masalalari muhokama qilindi. Tashkilotning 2021-
yili O'zbekiston tomoni tashabbusi bilan qabul qilingan YUNESKOning "Xiva jarayoni:
Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish" rezolyutsiyasini
ilgari surish doirasida faol ishlashga tayyorligi bildirildi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Sharq madaniyati va merosini tadqiq
etish ilmiy-tadqiqot markazida “O‘zbekiston va YuNESKO: Madaniy aloqalarning shakllanish
tarixi va rivojlanish istiqbollari” nomli ilmiy to‘plam nashrdan chiqdi.
BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti YuNESKO
dunyoda tinchlikni o‘rnatish, qashshoqlikni yo‘q qilish, barqaror rivojlanishni ta’minlash,
ta’lim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish,
fan sohalarini rivojlantirish
, xalqaro madaniy va
ma’lumot almashinuviga yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yuritadi.
Document Outline - Mavzu: O‘zbekiston va yunesko munosabatlari.
- Reja:
- Слайд номер 3
- Слайд номер 4
- Слайд номер 5
- Слайд номер 6
- Слайд номер 7
- Слайд номер 8
- Слайд номер 9
- E'tiboringiz uchun Raxmat.
Dostları ilə paylaş: |