Shular qatorida O’zbekistonning ko‘pgina viloyat va tumanlarda korrupsiya degan balo, ya’ni poraxo‘rlik, tamagirlik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish kabi illatlar uchrab turayotganini inkor etib bo‘lmasligini, qonunga zid bo‘lgan bunday xunuk holatlar bilan murosa qilishga chek qo‘yishning vaqti kelganligi, yoshi va vazifasidan qat’i nazar, bizningcha, keng jamoatchilik ongiga korrupsiyaning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalardagi, mamlakatning barqarorligi va iqtisodiy o‘sishiga g‘ov ekanligi, oxir-oqibatda aholi farovonligini o‘stirishga salbiyta’sir ko‘rsatuvchi illat ekanligini singdirish zarur. Bu borada 1-Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «mamlakatimizning kelajagini va obro‘- e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmog‘i darkor. Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit bo‘lishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to‘la-to‘kis foydalanishini orzu qiladigan har bir fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab yetmog‘i lozim»5. Chunki biz mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning navbatdagi mantiqiy bosqichi davom etayotgan davrda yashayapmiz. Zero, 1-prezidentimiz Islom Karimovning «o‘z mehnati, aql-zakovati va salohiyati bilan o‘zini o‘zi boqadigan, o‘zini himoya qilishga, kelajagini o‘z qo‘li bilan qurishga qodir bo‘lgan xalqni jahon ahli e’tirof etadi. Barchamiz, avvalo, yoshlarimiz bu oddiy haqiqatni hech qachon unutmasligimiz zarur»6ligi to‘g‘risidagi da’vati kundalik shiorimizga aylanmog‘ilozim.