Milliy universitetining jizzax filiali



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə2/6
tarix19.05.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#116945
1   2   3   4   5   6
kurs ishi

Kurs ishining maqsadi – men o’z kurs ishimda bugungi kunda dolzarb muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida yurtimizda amalga oshirilgan chora tadbirlar, aholini ijtimoiy-moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash uchun qilingan sa’y-harakatlar haqida yoritib berishga harakat qildim.Bu kurs ishida men pandemiya vaqtidagi yurtimiz va jahonda amalga oshirilgan va aholini qo’llab quvvatlash uchun amalga oshirilgan ishlar haqida yoritib berishni maqsad qildim.
Kurs ishining tuzilishi – kirish,ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib ja’mi __ sahifani tashkil etadi.

I bob.Pandemiyaning iqtisodiyotimizga ta’siri.
1.1.Pandemiya sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining o’zgarishi.
2020 yil 10 aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy himoyalash” mavzusida Yosh olimlar kengashining kengaytirilgan tarkibdagi onlayn ilmiy-nazariy seminari o‘tkazildi.
“Zoom” platformasida onlayn formatda tashkil etilgan ushbu ilmiy-nazariy anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, shuningdek, respublikamizning turli oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, shuningdek, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etdi.
TDShI rektori G.Sh.Rixsieva koronavirus pandemiyasi davrida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida zikr etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini alohida qayd etdi.
Yosh olimlar kengashi raisi PhD, dosent D.Sayfullaev hozirgi sharoitda ilmiy tadqiqot ishlarining raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi, oliy ta’limning masofaviylashuvi, ilmiy tadqiqotlarda innovasion yondashuvlar muhim ahamiyatga molikligini takidladi. Tadbir davomida institut doktoranti Sh.Po‘latov so‘zga chiqib, pandemiya sharoitida dunyo davlatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda masofaviy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muammolar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, institutda iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi D.Salaev davlatimiz Rahbari tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston aholisini pandemiyaning salbiy ta’siridan himoyalash hamda ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qarorlar va chora-tadbirlarni atroflicha sharhlab berdi. O‘z navbatida, siyosatshunos tadqiqotchi O.Alimov global miqyosda koronavirus tarqalishining dunyo siyosatiga ta’siri va post-pandemiya xalqaro munosabatlarining shakllanishi borasidagi tahliliy fikr-mulohazalarini taqdim etdi.
Ilmiy seminarda ekspert sifatida ishtirok etgan institut yetakchi professor-o‘qituvchilari s.f.d., prof. S.A.Jo‘raev, s.f.n., dos. I.N.Bekmuratov yosh olimlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni ilmiy tahlil qilib, o‘z xulosalari va tavsiyalarini berishdi. Xususan, ularning nuqtai nazaricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan pandemiya sharoitida aholi turmush tarzini keskin pasayib ketishining oldini olishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va zudlik bilan qabul qilingani natijasida mamlakatimizda koronvirus tarqalishi darajasini jilovlab olish imkoniyati yaratildi.Shuningdek, tadbir yakunida O‘zbekistonda masofaviy ta’limning yo‘lga qo‘yilishi, rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasi borasida ham to‘xtalinib, yosh olimlarning raqamli ta’lim va an’anaviy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish borasidagi mulohazalari atroflicha tahlil qilindi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YaIM joriy yilning 1-choragida 4,1% ga o‘sdi (o‘tgan yilning shu davrida 5,3%). Tashqi savdo aylanmasi 10,2% ga kamaydi. Ammo bu ko‘rsatkichlarda karantin choralarining qo‘llanilishi ta’siri minimal bo‘ldi. Chunki koronavirus birinchi chorak tugashiga ikki hafta qolganida aniqlandi va karantin tadbirlari 16 martdan 6 aprelgacha mamlakat bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etildi.Agar tashqi savdo aylanmasi yil boshidan buyon Xitoy va Yevropada epidemiya ta’sirida salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, unda barcha savdo ob’yektlarini yopish (oziq-ovqat do‘konlari va bozorlardan tashqari), umumiy ovqatlanish va xizmatlar, mamlakat ichidagi transportda qat’iy cheklovlar va boshqa mamlakatlar bilan avto, havo va temir yo‘l aloqalarining to‘xtatilishi ichki talabning pasayishiga olib keldi.Ichki talabni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 16% dan 15% ga tushirdi. Bu so‘nggi 5 yil ichida qayta moliyalash stavkasining ilk marta pasaytirilishi bo‘ldi. Birinchi chorakda YaIM o‘sishining pasayishi ham o‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga yanada faol integratsiyalashganini ko‘rsatdi. So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori ko‘rsatkichlarda o‘sib borishi YaIM tuzilmasidagi ulushini ham oshishiga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2019 yil yakunlariga ko‘ra YaIMda xizmatlar 35,5%, sanoat 30%, qishloq xo‘jaligi 28,1%, qurilish 6% ni tashkil etdi.Demak xizmat ko‘rsatish sohasidagi og‘ir vaziyat iqtisodiy o‘sish sur’atlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.Xalqaro mehnat tashkiloti kichik biznesda va o‘zini o‘zi band qilgan aholini, ayniqsa, norasmiy iqtisodiyotda ishlayotganlarni himoya qilish uchun shoshilinch va muhim siyosat choralarini ko‘rishga chaqirmoqda].
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida 13,5 mln kishi band bo‘lib, ulardan 5,7 mln kishi rasmiy va 7,8 mln kishi norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda.Jahon banki tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Covid-19 pandemiyasi va qo‘llanilgan karantin choralari ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli, pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi 20%ga keskin tushadi. O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari sonidan kelib chiqadigan bo‘lsak bu ko‘rsatkich 500 mingdan ko‘proq kishi koronavirus pandemiyasi ta’sirida doimiy ish joylariga ketolmay qolish ehtimoli yuqori.Aksariyat hollarda norasmiy sektorda bandlar ko‘rsatkichi qishloq joylarida ko‘proq bo‘lishi hududlar kesimida tahlil qilinganda ham ko‘rinib turibdi.
O‘zbekiston Davlat byudjetining 2020 yil I chorakdagi daromadlari 28,5 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 trln so‘mga ko‘proqni tashkil etdi. Byudjet daromadlari tarkibida 2020 yil I choragida soliq tushumlari 23,8 trln so‘mni tashkil etdi. Ular o‘tgan yilning I choragi bilan solishtirganda 5,3 trln so‘mga ko‘paygan. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mintaqalararo inspeksiya to‘liq faoliyat yurita boshladi va 15,4 trln so‘m yoki soliq organlari tomonidan ma’muriylashtiriladigan barcha daromadlarning 65 foizi yig‘ilishini ta’minlab berdi.Davlat byudjetining xarajatlari ijrosi.Davlat byudjetining 2020 yil I chorakdagi xarajatlari 27,661 trln so‘mni yoki jami yillik tasdiqlangan xarajatlarning 21,1 foizini tashkil etdi. Shundan, respublika byudjeti xarajatlari 18,153 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, mahalliy byudjetlar orqali 9,508 trln so‘mlik xarajatlar moliyalashtirilgan.
Ijtimoiy soha xarajatlari.
Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 15,550 trln so‘m yoki umumiy xarajatlarning 56,6 foizi miqdorida mablag‘ sarflandi.
Ijtimoiy xarajatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi 18,5 foizni tashkil etdi.Ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat byudjetidan 7,961 trln so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun Davlat byudjetidan 1,426 trln so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 450,5 mlrd so‘m yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘p), jumladan oziq-ovqat sotib olish xarajatlariga 162,6 mlrd so‘m (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,6 mlrd so‘mga yoki 1,5 baravarga ko‘p) mablag‘lar ajratilgan.Xususan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga amalga oshirgan xarajatlarini qisman qoplash uchun 134,5 mlrd so‘mlik subsidiyalar (2019 yil 1 choragida 6,9 mlrd so‘m) ajratilgan. Ilm-fanni rivojlantirishga hisobot davrida 150,0 mlrd so‘m yoki ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘larning 1 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi (2019 yil I choragida — 0,3 foiz). Sog‘liqni saqlash sohasiga Davlat byudjetidan yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 3,883 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1084,4 mlrd so‘mga (1,4 baravarga) ko‘p mablag‘lar ajratilgan. Ajratilgan mablag‘ning jami Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 14 foizni (2019 yilda — 11,6 foiz) tashkil etdi. Jumladan, dori-darmonlar xarid qilish xarajatlariga 252,2 mlrd so‘m (2019 yilda — 189,9 mlrd so‘m) ajratilgan.
Bundan tashqari joriy yilning I choragida, sog‘liqni saqlash sohasiga tashkil etilgan “Inqirozga qarshi kurashish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 343,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganini ham alohida ta’kidlash o‘rinli, deyiladi sharhda. Ushbu mablag‘lar quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirildi:

  • Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlariga karantinda saqlanayotgan fuqarolarni saqlash, jamoat joylarini dezinfeksiya qilish va epidemik holati bilan kurashish bo‘yicha boshqa tadbirlarga 82,7 mlrd so‘m;

  • Sanitariya — epidemiologiya osoyishtalik agentligiga shaxsiy himoya, dezinfeksiya, izolyasiya vositalari, test (PSR) diagnostikumlari, tibbiy texnika vositalarini xarid qilish uchun 123,5 mlrd so‘m;

  • Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumanida aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi va Zangiota tumanida maxsus shifoxona qurilishi hamda Toshkent shahrida zamonaviy diagnostika laboratoriyasi kompleksini rekonstruksiya qilish uchun 107,4 mlrd so‘m;

  • O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga kam ta’minlangan xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash uchun 30 mlrd so‘m.

Madaniyat va sport sohasiga Davlat byudjetidan 2020 yilning I choragida yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 541 mlrd so‘mni tashkil etib, ushbu xarajatlarning 249,2 mlrd so‘mi madaniyat sohasi, 291,8 mlrd so‘mi sport sohasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2020 yil 17 sentyabr kuni Toshkent shahrida BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi xamda Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "COVID-19 pandemiyasi sharoitida O'zbekistonda raqamlashtirish istiqbollarini aniqlash" mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo'lib o'tdi. Milliy va xalqaro raqamli soxa mutaxassislarini birlashtirgan onlayn-tadbir O'zbekistonda raqamli sektorni jamiyat manfaati uchun yanada rivojlantirishga qaratildi.
O'zbekistonning raqamli transformatsiyasining ijobiy ta'siri COVID-19 pandemiyasi paytida yaqqol sezilgan bo'lsa-da, takomillashtirishning bir qancha yo'nalishlari aniqlandi. Internetga ulanish butun O'zbekiston bo'ylab notekis bo'lib, raqamli iqtisodiyotning milliy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi atigi 1,8 foizni tashkil etadi. 700 ta davlat axborot tizimining 70% elektron hukumat platformasi bilan birlashtirilmagan va faqatgina 27 ta davlat idoralari Milliy davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimi orqali xizmat ko'rsatadi.
Davra suhbati COVID-19 pandemiyasining O'zbekistondagi raqamlashtirish jarayoni nuqtai nazaridan olib kelgan foydalari va muammolari haqida fikr yuritish, shuningdek, pandemiya paytida va undan keyin yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun jamiyat, hukumat va biznes vakillari tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalanish usullarini aniqlash uchun imkoniyat yaratdi. Muhokamalarda 2017 yildan buyon O'zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi yutuqlari sarhisob qilindi, raqamli texnologiyalarning COVID-19ga javob berishdagi o'rni ko'rib chiqildi (ulardan Buyuk Britaniya, Estoniya va Singapurda foydalanish bilan taqqoslaganda), shuningdek keng ko'llamli raqamli iqtisodiyotni kengaytirish imkoniyatlari o'rganildi bu yo'nalishda qanday katalizatorlar va yordam safarbar etilishi mumkinligini hisobga olgan holda O'zbekistonni o'zgartirish, yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda "O'zbekistondagi raqamli rivojlanish: dolzarb taraqqiyot va rivojlanish yo'li" xamda "COVID-19 ga raqamli munosabat: O'zbekiston va xorijiy tajriba" mavzularida ikkita tematik mashg'ulotlar o'tkazildi, o'zaro fikr almashildi. Ushbu tadbir natijasida O'zbekistonning raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga olgan tahliliy ma'ruza, shuningdek raqamli transformatsiya bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish uchun tegishli tomonlar va idoralar o'rtasida muloqotni ta'minlash mexanizmi to'g'risidagi rasmiy xujjat yaqin orada taqdim etiladi.

1.2.Koronavirus pandemiyasi kichik biznesga ta’siri.


Madaniyat va sport sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 58,6 foizga o‘sgan. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin: O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari tashkil etildi. Shuningdek, Milliy kutubxonaning 2020 yil shtatlar jadvalida 92 ta qo‘shimcha shtat birliklari ajratildi. Bu esa o‘z navbatida, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan xarajatlarni 18,2 mlrd so‘mga oshirgan.Shuningdek, milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi doirasida badiiy film, hujjatli film va multiplikatsion filmni suratga olish, shuningdek, qisqa metrajli va bolalar yumoristik filmlarini suratga olish xarajatlariga joriy yilning I choragida 19,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 mlrd so‘mga ko‘pdir.Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining gonorar to‘lovlari, radio aloqa, radio eshittirish va televideniya markazi xizmati (SRRT) hamda boshqa amalga oshirilgan xarajatlar hisobiga o‘tgan yilgi raqamlarga nisbatan xarajatlar 24 mlrd so‘mga oshgan.O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan sport maktablari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari ayrim xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2020 yil 1 yanvardan o‘rtacha 1,35 baravarga oshirilgan bo‘lib, natijada sport maktablarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari bo‘yicha xarajatlar 2019 yilning I choragiga nisbatan 58,3 mlrd so‘mga oshganligi sabab bo‘lgan.Ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, kompensatsiya to‘lovlari va aholi bandlik darajasini oshirishga Davlat byudjetidan hisobot davrida 1,668 trln so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davrida ajratilgan mablag‘ga nisbatan 293,6 mlrd so‘m ko‘proq mablag‘ ajratildi, o‘sish 21,4 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiyotga amalga oshirilgan xarajatlar joriy yilning I choragida 3,158 trln so‘mni tashkil qilib, ushbu xarajatlar jami Davlat byudjetining I chorak xarajatlarining 11,4 foizini tashkil etdi. Iqtisodiyot xarajatlari asosan quyidagi yo‘nalishlarga amalga oshirildi:

  • suv xo‘jaligi ekspluatatsiyasi xarajatlari — 926,6 mlrd so‘m;

  • umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarni rivojlantirish xarajatlariga — 603,2 mlrd so‘m;

  • aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish xarajatlari — 438,1 mlrd so‘m;

  • ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish xarajatlariga — 180,2 mlrd so‘m;

  • uy-joy kommunal ishlariga — 166,1 mlrd so‘m;

  • sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash xarajatlariga — 82,1 mlrd so‘m;

  • Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish xarajatlariga — 47,7 mlrd so‘m.

Davlat hokimiyati, boshqaruv, adliya, prokuratura va sud organlari ta’minotiga hisobot davrida 1,781 trln so‘m yoki jami Davlat byudjeti xarajatlarining 6,4 foizi yo‘naltirildi Davlat byudjeti ijrosining iqtisodiy tasnif bo‘yicha ijrosini tahlili ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning jami xarajatlarning ulushi o‘tgan yilning 1 choragidagi 35,2 foizdan hisobot davrida 39 foizga yetganligini ko‘rsatmoqda. Joriy yilning I choragi davomida byudjet tashkilotlarining qariyb 10,8 trln so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hamda 2,3 trln so‘mdan ortiq ish haqiga nisbatan ajratmalari o‘z muddatlarida to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlandi. Shuningdek, hisobot davrida 1,6 trln so‘mlik kapital qo‘yilmalar va 12,8 trln so‘mlik boshqa xarajatlar moliyalashtirildi.O‘zbekistonda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan choralarning samarasi.Ko‘rilgan choralar natijasida O‘zbekistonda Covid-19 virusidan zararlanganlar orasida o‘lim darajasi 0,4% ni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda. 21 apreldan boshlab koronavirus bilan kasallanishlar soni kunlik statistikada tuzalganlar soni kasallanganlar sonidan oshayotganligi qabul qilingan qarorlar va ko‘rilgan choralarning samarali ekanligidan dalolat beradi.Karantin davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan, 141 ming 800 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanib, ularga 43 milliard 225 million so‘m ish haqi to‘lab berildi. Ta’kidlash joizki, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu yangi ish o‘rinlarini yaratish, bozorda talab va taklifni shakllantirish, pirovardida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun katta imkoniyat va zaxira hisoblanadi.O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun qonuniy faoliyat yuritish uchun qulay va sodda huquqiy tizim yaratish. Jahonda sodir bo‘layotgan bunday vaziyat O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turibdi. Joriy yil birinchi choragida mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 1,6 foizga pasayishi kuzatilgan. Bundan tashqari, investisiyalar o‘zlashtirish hajmi ham sezilarli qisqargan. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotining joriy holati va kutilayotgan tendensiyalar bo‘yicha ma’lumotida qayd etildi. 2020 yilning ikkinchi choragida esa iqtisodiy o‘sish sur’ati 4,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga (5,7 foiz) nisbatan 1,6 foiz kamayishi kuzatilgan.Ushbu holatlar mamlakatimizda ham bir qancha muammolarni keltirib chiqarmoqda va mavjud ayrim muammolarni yanada kuchaytirmoqda. Shu sababli davlatimiz tomonidan karantin sharoitida ishlash, ayniqsa, ishsizlik va oziq- ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga jiddiy e’tibor qartilmoqda.O‘zbekistonda pandemiya sharoitida vujudga kelgan umumiy muammolarni hal qilishning o‘ziga xos yo‘llari ishlab chiqildi. Davlat rahbari va hukumat tomonidan bir qator muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu asosida moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi. Iqtisodiyotda band bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga soliq to‘lash muddati kechiktirildi, ayrim subyektlar esa joriy yil oxirigacha soliq to‘lovidan ozod etildi. Tadbirkorlik sub’ektlari va korxonalarga qator imtiyozlar taqdim etildi, ayrim qarzdorliklar kechiktirildi, debitorlik qarzdorlik uchun jarima qo‘llash to‘xtatildi, auditorlik tekshirishlar yil oxirigacha bekor qilindi, koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘rilgan talofatlarni kamaytirish bo‘yicha yana boshqa bir qator yengilliklar berildi.Mamlakatimiz YAIMni yaratishda xizmat ko‘rsatish sohasining o‘rni va roli sezilarli darajada bo‘lib, qariyb uning yarmini tashkil qilardi. Hozirgi kunda xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘rtacha 35 foizdan yuqori bo‘lsa-da faoliyati cheklangan xizmat turlarining ushbu ko‘rsatkichdagi ulushi 10 foizni ham tashkil etmaydi. Xizmat ko‘rsatishning pasayishi talabning taklifga nisbatan yuqoriligini ta’minlaydi, bu esa narxlar muvozanatiga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Iqtisodiy pasayish holatining davomiy bo‘lishi ishsizlik muammosining yanada kuchayishiga olib keladi, uning darajasini oshiradi va aholining to‘lov qobiliyati keskin tushib ketishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin