Milliy universitetining jizzax filiali



Yüklə 26,47 Kb.
səhifə2/3
tarix09.10.2023
ölçüsü26,47 Kb.
#153117
1   2   3
Mc. Donald’s

2. Burger urushlari
Bu atama birinchi marta 1970-yillar oxirida Burger King’ning Amerikada o‘z bozorini kengaytirish va yirik raqobatchisi McDonald’sning gamburger bozoridagi ulushini tortib olish uchun urinishlariga nisbatan qo‘llanildi. Keyinchalik bu urushga Wendy’s va boshqa yetakchi fast-fud kompaniyalari ham qo‘shildi. Bunda kompaniyalar narxlarni pasaytirish, raqobatchilarga qarshi agressiv reklama loyihalari tayyorlash kabi usullardan foydalandi. Ushbu kurashda katta yutuqlarga erisha olmagan McDonald’s boshqa mamlakatlarda o‘z ulushini kengaytirishga harakat qila boshladi. 1980-yillar o‘rtalariga kelib, doimiy reklama xarajatlari barcha asosiy urush qatnashchilariga qimmatga tusha boshladi. Natijda yirik fast-fud kompaniyalarida xodimlar sonining muntazam qisqarishi kuzatila boshlandi. 1987-yilda Burger King Mayami va Floridadagi restoran va shtab-kvartiralarining yuzdan ziyod xodimlarini ishdan bo‘shatdi.
Bu paytda Wendy’s tashkil topganidan(1969-yil) beri birinchi marta operatsion yo‘qotish (OP o‘zi nima? batafsil) haqida e’lon qildi. McDonald’sning esa aksincha operatsion daromadi, yillik foydasi va bozordagi ulushi o‘sdi. Hardee’s kabi kichik tarmoqlar qimmat reklama kampaniyalaridan qochish va kichikroq, geografik jihatdan cheklangan joylarda qolish orqali moliyaviy ahvolni ushlab qolishga harakat qildi.
New York Times’ning yozishicha, 2000-yillar oxiri va 2010-yillar boshlaridagi iqtisodiy inqiroz “Burger urushlari”ning to‘xtashiga olib keldi. Og‘ir iqtisodiy ahvol tufayli iste’molchilar turli imtiyozlar va arzon mahsulotlar qidirishga majbur bo‘ldi. Bu esa fast-fud restoranlari orasida raqobatning yana kuchayishiga olib keldi. Mazkur raqobat doirasida turli orginal mahsulotlarning ko‘chirma nusxalarini yaratib, arzon narxlarda sotish avj oldi. Ushbu soxtalashtirish faoliyatlaridan McDonald’s ham zarar ko‘rmasdan qolmadi. USA Today gazetasida 2014-yil mart oyida chop etilgan maqolaga ko‘ra McDonald’s mahsulotlari savdosining pasayishiga Big Mac va McRib sendvichlarining soxtalashtirilishi sabab bo‘lgan.



Yüklə 26,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin