3. KFC bilan davom etayotgan kurash 2019-yilda qovurilgan jo‘ja va tovuq mahsulotlari savdosida yetakchi bo‘lgan KFC kompaniyasining bozordagi ulushlarini egallashga qaratilgan “jo‘ja urushlari” boshlandi. O‘z ulushini burgerlari bilan himoya qilayotgan McDonald’s 2021-yil fevralida ikki yil oldin Popeyes va KFC tomonidan boshlangan ushbu urushga qo‘shildi. Urushga McDonald’sning bevosita qo‘shilishi KFC mahsulotlari sifati va sotuvlar miqdorining oshishiga olib keldi. “YUM brands” (KFC) rahbari Devid Gibsning analizlarga asoslanib ta’kidlashicha, KFC’ning yangi tovuq sendvichlari avvalgi versiyalariga qaraganda ikki barobar ko‘p sotilyapti.
Mos ravishda McDonald’s tomonidan 2021-yil fevral oyining boshlaridan sotuvga qo‘yilgan tovuqli sendvichlar ham ko‘plab mijozlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Kalinowski Equity Research kompaniyasining har chorakda o‘tkazadigan tahlillariga ko‘ra McDonald’s do‘konlari kuniga o‘rtacha 262 ta tovuq sendvich sotmoqda.
McDonald’s O‘zbekistonda paydo bo‘lishi mumkinmi? O‘zbekiston Respublikasining sobiq Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyevning 2017-yil 27-sentabrdagi Xalqaro press klub sessiyasida so‘zlagan nutqiga ko‘ra 2017-yildayoq AQShning McDonald’s korporatsiyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelishga qiziqish bildirgan. Bu bilan bog‘liq xabarlar va taxminlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi 5611-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-mayda qabul qilingan 365-sonli “Chorvoq erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi natijasida ancha ommalashdi. Biroq hozirga qadar McDonald’s’ning O‘zbekistonga kirib kelishi borasida aniq bir harakat ko‘zga tashlangani yo‘q.
Xulosa McDonald's birinchi bo'lib 1961 yil 4 mayda o'z nomiga "Drive-In Restaurant Services" ta'rifi bilan AQSH savdo belgisi uchun ariza berdi, u 2009 yil dekabr oyi oxirigacha yangilanishda davom etmoqda. O'sha yili, 1961 yil 13 sentyabrda, kompaniya logotip savdo belgisini bir-birining ustiga qo'yilgan, ikki kamarli "M" belgisiga topshirdi. 1962-yil 6-sentyabrda bir-birining ustiga chiqqan ikki kamarli “M” belgisi logotipi, dastlabki yillarda ko‘plab dastlabki restoranlarda shakllangan yagona arch uchun savdo belgisi topshirilganda, vaqtincha yoqmadi. Bugungi kunda qo'llanilayotgan mashhur qo'sh kamarli "M" belgisi 1968 yil 18-noyabrda kompaniya AQSH savdo belgisini taqdim etgunga qadar paydo bo'lgan.