43
MILLIY URF-ODAT VA AN’ANALARIMIZ KO‘HNA TARIXIMIZ DURDONASI
O‘rmonov Husniddin Baxriddin o‘g‘li
Guliston davlat pedagogika instituti, Ijtimoiy
fanlar va san’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi.
Hamdamov Shoxjahon G‘ulom o‘g‘li
Guliston davlat pedagogika instituti, Milliy g‘oya, ma’naviyat
asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.
E-mail:
urmonov94@list.ru
+99899 472 63 88
Annotatsiya:
Mazkur maqolada yurtimizning chekka-chekka qishloqlarida bugungi kunda ham
o‘tkazilib kelinayotgan qadimiy urf-odat an’analarimiz, ularda amalga oshirilayotgan
marosimlarimiz haqida fikr yuritilib, sunnat to‘yi, nikox to‘yi, milliy o‘yinlarimiz, baxshichilik
san’atida kuyga solinadigan dostonlarimizga alohida urg‘u berilgan.
Kalit so‘zlar:
Yor-yor, dostonlar, alla, Vamberi, terak, kurash, ko‘pkari, etnolog, Quruqsoy,
Davtosh, Galabek, arqon, sovchi, beshik.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются древние традиции, проводимые и по сей
день в отдаленных селах нашей страны, обряды, проводимые в них, особое внимание
уделяется суннат-свадьбе, свадьбе никох, национальным играм, эпосам, воспетым в
искусстве бахшизма.
Ключевые слова:
Йор-йор, былины, алла, Вамбери, Тополь, борьба, кыпкари, этнолог,
Курусой, Давтош, Галабек, веревка, сваха, колыбель.
Annotation:
This article examines the ancient traditions held to this day in remote villages of
our country, the rituals held in them, special attention is paid to the sunnat wedding, nikoh
wedding, national games, epics sung in the art of Bakhshism.
Keywords:
Yor-yor, epics, alla, Vamberi, Poplar, wrestling, kypkari, ethnologist, Kurusoy,
Davtosh, Galabek, rope, matchmaker, cradle.
Kirish
Ko‘p ming yillik boy tarixga ega bo‘lgan yurtimizda, o‘ziga xos, o‘ziga mos urf-odatlar
borki, ular qadim-qadim zamonlardan shu bugungi kungacha yetib kelgan. Dunyodagi boshqa
xalqlar qatori o‘zbek xalqining ham madaniy qadriyatlari, maʼnaviy merosi ming yillar
mobaynida Sharqning maʼnaviy o‘choqlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari, biz
yashab turgan hudud G‘oyat xilma-xil diniy eʼtiqodlar, dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari
tutashgan mintaqa hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston hududi nafaqat Sharq, balki
umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biridir. Zamonaviy, har tomonlama rivojlanayotgan va
takomillashayotgan shaharlardan va u yerda yashayotgan aholi vakillaridan farqli o‘laroq,
ko‘hna qadriyat va urf odatlar yurtimizni turli go‘shalarida, qishloq va ovullarida saqlanib
qolgan.
Dostları ilə paylaş: |