Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Yurtimiz tarixan olib qaraganda juda ham qadimiy davlatlar qatoridan joy oladi. Uning
bu ko‘hnaligi nafaqat moddiy balki, madaniy qadriyatlarda ham o‘z ifodasini topgan. Bu an’ana
hamda udumlarimiz etnolog olimlar, tarixchilar va sayohatchilar o‘z asar va kundaliklarida
ko‘plab ma’lumotlar keltirib o‘tganlar. Bunga misol qilib ispan elchisi Klavixoning
“Samarqandga Amir Temur saroyiga sayoxa” kundaligi hamda Xerman Vamberining
“Sayohatnoma” asarlarini keltirib o‘tishimiz mumkin.
Keyingi yillarda bu jarayonni kengroq taxlil qilgan olimlarimizdan, A.Asqarov,
K.Shoniyozov, A.Ashirov, I.Jabborov, S.Davletova, M.Ibragimova, X.Ismoilov, O.Bo‘riyev va
boshqalar o‘zlarining ilmiy nazariy asarlarida o‘zbek xalqining etnik tarixi, moddiy va ma’naviy
hayoti xususan, to‘y marosimlari to‘g‘isida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan, Muallif o‘zbek
44
nikoh to‘yi, sunnat to‘yi va boshqa marosimlarning barcha jarayonlariga: sovchilik, fotiha,
bevosita nikoh to‘yi urf-odatlariga va to‘ydan keyin o‘tkaziladigan udumlarga alohida e’tibor
qaratadi.
Maqolaning asosiy manbasini dala etnografik materiallari tashkil etadi. Dala etnografik
materiallari suhbat va shaxsiy kuzatish asosida to‘plandi. Suxbat jarayonida ko‘proq urf odat
an’analarimizni yaxshi tushungan nuroniy otaxonlarimiz, yuz bilan yuzlashayotgan momolarimiz
bergan ma’lumotlardan foydalanildi.
Muhokama va natijalar
Milliy o‘yinlarimizning to‘y marosimlarimizni o‘tkazilishining ham o‘z tarixi va voqeligi
bor desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun biz yashab turgan zamida ko‘plab manashunday boy
milliy qadriyatlarimiz saqlanib qolgan. Bulardan
“Ko‘pkari”, “Kurash”, “Besh tosh”, “Oq
terakmi-ko‘k terak”, “Happak”, “Bekinmachoq”, “Chillak”, “Arqon tortish“, “Oshiq o‘yini”
kabi ko‘p qadimiy o‘yinlar, chaqaloqni tug‘ilishi bilan bog‘liq “Chilla” va “Chilla qochdi”, yosh
kelin kuyov tuyi bilan bog‘liq unashtiruv marosimlari, “Fotiha”, “Boqon”, “Shox iloq”, “Oyoq
bosdi“, “Joy ag‘darar”, “Un elash” va boshqa, shu kabi ko‘plab urf odatlar hali hanuz
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Chiyali, Dursun, Langar, Quruqsoy, Davtosh,
Galabek, Qo‘rg‘ontepa kabi qishloqlarda, Surxondaryo viloyatining Boysun, Sarosiyo, Uzun,
Oltinsoy,
Samarqand viloyatining Katta qo‘rg‘on, Nurota, Urgut, Bulung‘ur, Navoiy
viloyatidagi Paxtachi, Xatirchi, Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin, Yangiobod, G‘allaorol va
Forish kabi tumanlarida saqlanib qolgan[1:27].
Eng quvonarli tomoni oilaviy marosim, to‘y tadbirlarida yangragan qo‘shiq, yor-yor,
o‘lan, kelin salomlar xalq poetik ijodining mumtoz namunalari bo‘lib qolib, shu bugungi
kungacha yetib kelgan. Yaqinda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida bo‘ldim. U
yerdagi urf-odatlar, shahardagidan tubdan farq qiladi. Sunnat to‘yda, to‘y bolalar onasini
sochini ikkita qilib o‘rish, unga paxta bog‘lash, jelak kiydirib qari va qartaygan momolardek
kiyintirish, kelin singari ta’zim qildirish kabi urf-odatlar ko‘p qadimiy bo‘lib, bizgacha yetib
kelgan. Xatna to‘yi odati xalq orasida farzand qoʻlini halollash, “sunnat toʻyi” deb yuritiladi.
“Chukiburron” atamasi bu odatning asl mohiyatini ifodalasa, “tug‘ilgan kun”, “imenina”,
“maktabga borish to'yi”, “bog'chadan chiqish toʻyi” kabilar xatna odatining niqoblangan,
yashirin nom-atamalari sifatida uzoq yillar qoʻllanib kelingan[2:21].
Eng muhimi, soch o‘rishdan tortib to‘y bolalar onasini kiyintirishgacha bo‘lgan
yumushlarni yoshlar emas, to‘qson bilan to‘qnashgan, yuz bilan yuzlashgan momolar bajarishadi.
Bundan maqsad esa, to‘y bolalar onasi momolarni yoshiga kirib, baxtli va saodatli umr kechirsin
deya tilak tilashib, to‘y bolalar onasi va otasi sha’niga bag‘ishlab, ko‘p qadimiy qo‘shiqlar,
og‘izdan og‘izga ko‘chib kelayotgan o‘lan va laparlar aytilib, ular mardligi, tantiligi, baxtli va
farovon hayoti tarannum etildi. Bu esa o‘sha hudud aholisiga bir olam quvonch bag‘ishlabgina
qolmay, ko‘hna urf odatlarga, ko‘hna qadriyatlarga bo‘lgan munosabat belgisi hisoblanadi.
Yurtimizning ayrim hududlarida barcha to‘ylar ko‘pkarisiz, kurashsiz o‘tmaydi. To‘ylar
shaharlardagidek taklifnoma va to‘y xati orqali emas,
baland,
shirali ovoz sohibini
“falonchanikiga” ertaga to‘yiga deya aytgan baralla chaqiruvidan so‘ng boshlanadi. To‘y oldi
maslahat oshi, sabzi to‘g‘rar oshi, to‘ydan keyin yakun, yo‘qlov kabi urf odatlar hanuzgacha
saqlanib qolgan. Kelin tushadigan xonaga chimildiq osib, baxtli va serfarzand bo‘lsin deya
chimildiqqa bir juft taxta qoshiq, novvot osib qo‘yiladi.
Nikoh to‘yi tantanalarini boshlab beruvchi dastlabki marosim sovchilik hisoblanadi.
Sovchilar to‘g‘risidagi ilk maʼlumotlarni VII-VIII asrlarga oid O‘rxun-Enasoy bitiklarida
uchratamiz. Buyuk davlat arbobi Tunyuquq (VII asr) bitiktoshida “sov” kalimasi sab-so‘z, gap
maʼnosida ishlatilgan [3:89]. Demak, bundan yangi oilan paydo bo‘lishidagi sovchilik udumi
uzoq o‘tmishda shakllanganligiga amin bo‘lamiz.
Oilaviy marosimlar qatoridan o‘rin olgan yana bir to‘y bolaning tug‘ilishi bilan
bog‘lanadi va beshik to‘y deb yuritiladi. Odatda, bola tug‘ilganidan keyin 7-14 yoki 21 kun
orasida aqiqa marosimi o‘tkaziladi[4].. Ushbu marosim yangi chaqaloq uchun Islomni kutib olish
45
marosimi xisoblanadi. Undan keyin beshik to‘yi qilinadi. Beshik to‘yi yangi tug‘ilgan
farzandning birinchi beshikka belanishi bilan boshlanadi.
Shundan so‘ng yangi chaqaloqning onasi chaqaloqni beshikka belab turib, unga shirali
ovoz bilan mazmun mohiyatga boy bo‘lgan alla aytib uhlatadi. Uning allasida bolani
qo‘rqmaslikka undaydiga so‘zlar ishlatiladi. Sababi kichkina chaqaloq cho‘chib qolishini oldini
olish xisoblanadi. Chaqaloq uhlaganidan so‘ng unga ko‘z tegmasligi uchun isiriq tutatilib beshik
atrifida aylantiriladi.
O‘zbeklarda esda qoladigan to‘ylardan biri xatna (sunnat) to‘yi hisoblanadi. Bu to‘y
xatna, sunnat, chupron, chukron, qo‘lini halollash, musulmonlikka kirish kabi atamalar bilan
atab kelingan. To‘y egasining qo‘li ochiqligi, ko‘pincha, shu to‘yda aniqlangan. Farzandi uchun
borini to‘kib-sochadigan qadimiy urf-odatimiz ham aynan manashu xatna to‘yidur. To‘ybolaning
ona taraf qarindoshlari yani bobosi toy va kuyov tarafni sarpolar bilan siylagan. O‘zining qon
urug‘i xisoblangan ota taraf qarindoshlari yurtga osh bergan, qarindosh-urug‘ va tanishlarga
dasturxon yozgan[3:86].
Bu kabi urf-odatlar, to‘y marosimlarida o‘tkaziladigan udum va an’analar ko‘p qadimiy
bo‘lib, momolarimiz va bobolarimiz tomonidan aytilib bugungi kungacha yetib kelgan.
Qashqadaryo viloyatidagi kuyov va kelin to‘ylarida ijro etiladigan, yor-yor qo‘shiqlarida “baxt”,
“taxt”; “omon”, “somon”, “alvon”, “polvon” kabi chiroyli qofiyali so‘zlar ko‘plab uchraydi.
Qat-qat ko‘rpa ustida,
Piyolaman yor-yor.
Yorga salom bergani,
Uyolaman yor-yor[5:146].
Eng qizig‘i, an’anaviy kelin salomlarda Allohga, Muhammad payg‘ambarimiz (s.a.v)ga,
chahoryorlarga, avliyo va anbiyolar tilga olinadi va uni chechan qo‘shiqchi, ba’zan ikkita ayol
ijro etadi. Odatda, kelin salom aytuvchi ijrochi mazkur marosimga fayz kiritishi yoki, aksincha,
qizita olmasdan uyatga qolishi kuzatiladi. Shuning uchun ijrochi butun tajribasini, mahoratini,
xonandalik san’atini to‘liq namoyish qilishga urinadi.
Qashqadaryoda o‘tkaziladigan to‘y marosimlari, ko‘p hollarda baxshilarsiz, do‘mbirani
sodasi. baxshini baxshiyona qo‘shiqlarisiz o‘tmaydi. Unda baxshi tomonidan “Alpomish”u
“Go‘rug‘li”, “Kuntug‘mish” dostonlaridan parchalar ijro qilinib, o‘sha joyning odamlari
ulug‘lab kelayotgan termalarga murojaat qilinadi. Bu esa, to‘yni yanada zo‘r, qiziq, esda qolar
darajada o‘tkazish imkonini beradi. Baxshilar tomonidan kuylab kelingan “Do‘mbiram”,
“Kunlarim”, “Nima aytay?”, “Go‘ro‘g‘li”, “Bormi jahonda?..” kabi termalarning hammasida
ham ma’lum darajada real tarixiy voqealar, xalqning kechinmalari ifodalangan[5:155]. Ularni
yaratishda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Islom shoir, Umir
Safarov, Bola baxshi (Qurbonnazar Abdullayev), Rahmatilla Yusuf o‘g‘li, Qodir baxshi, Qahhor
baxshi ijodi muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, ular tomonidan to‘y tadbirlarda, Navro‘z
marosimlarida ijro etilgan termalar xalq hayotining badiiy ifodasi sanaladi.
Xulosa
Qadim tariximizdan yillar davomida shakllangan urf-odat, marosim, an’analarimiz,
adabiyot-san’at muallah holda, oʻzga xalqlardan yashirincha paydo bo‘lib, rivojlanmagan.
Aksincha, biz bilan qadimdan yonma-yon, jon qoʻshni sifatida hayot kechirib kelayotgan
qardosh qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik va ozarbayjon xalqlarining bevosita ishtiroki,
hamrohligida yaralgan, taraqqiy topgan, hatto jahonning koʻplab boshqa xalqlari vakillarining
ham bu qadimiy madaniyatning taraqqiy topishida muayyan hissasi mavjud. Biz bugungi kunda
ko‘zimiz bilan ko‘rayotgan urf-odat an’ana va marosimlarimizning barchasi o‘zining boy
qadimiy tarixiga egadir.
Dostları ilə paylaş: |