Milliy xavfsizlik – taraqqiyot garovi



Yüklə 358,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.05.2023
ölçüsü358,68 Kb.
#117930
1   2   3   4   5
Mudofaa va xavfsizlik

Mudofaa va
xavfsizlikni
ta'minlashda
Qurolli
Kuchlarning
o'rni
Konstitutsiyaning 125-moddasida: "O'zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston
Respublikasining davlat suvereni- tetini va hududiy
yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsiz- ligini
himoya qilish uchun tuziladi", - deb qayd qilingan. Bu
bilan nima uchun qurolli kuchlarni tashkil qilish kerakligi
va ularning vazifasi aniq belgilangan. Demak, Qurolli
Kuchlarning Konstitu- tsiyaviy vazifasi:
- davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini;
- aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir. 
U shu maqsadda tuziladi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul
qilingan "Mu- dofaa to'g'risida"gi Qonunda Qurolli
Kuchlarga urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish
hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan.


Qurolli
Kuchlarning
tuzilishi va
Qurolli
Kuchlar- ni
boshqarish
Konstitutsiyaning 126-moddasida: "O'zbekiston Respublikasio'z
xavfsizligini ta'minlashuchun yetarli darjada Qurolli Kuchlari- ga
ega", deb belgilangan.
"Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va hududiy yaxlitli- gini
saqlash, el-yurtimizning osuda hayotini ishonchli himoya qi- lishga
qodir, zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan ta'minlangan, 
yaxshi tayyorlangan va bugungi kun talablariga to'liq javob be-
radigan, son jihatidan ixcham va harakatchan Qurolli Kuchlarni
vujudga keltirish O'zbekistonimizning buyuk kelajagini barpo etish
yo'lidagi eng muhim vazifalarimizdan biridir", - deb bu masalaning
mohiyatini ko'rsatib bergan edi Prezidentimiz.
O'zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat'iy tizi- mi 
barpo etildi va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan
darajaga mos keladi.
Qurolli Kuchlar o'z ichiga Mudofaa vazirligi va Chegara qo'shinlari
bo'linmalarining. Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsiz- lik
xizmatining maxsus qismlarini, shuningdek boshqa idoralar- ning
harbiy tuzilmalarini oladi. Ya'ni, yuqoridagi bo'linma va tu- zilmalar
birlashib, Qurolli Kuchlarni tashkil etadi.



Yüklə 358,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin