Mamlakat
xavfsizligi
Prezidentimizning: "Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o'zga- rishlarni
amalga oshirish, ma'naviy taraqqiyotga erishish, shu- ningdek,
O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligini kuchaytirishining
asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning xavfsizligini ta'minlash,
jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, mil- latlar va fuqarolar o'rtasida
totuvlikni saqlash va ko'z qorachig'i- day asrashdir" degan so'zlari
mamlakatimiz xavfsizligining ahamiyatini yanada to'laroq ko'rsatadi.
Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib bora- digan tashqi
siyosati ham muhim rol o'ynaydi. Shu tufayli milliy xavfsizlikni saqlash bilan
bog'liq davlatimizning tashqi siyosati- ning ustuvor yo'nalishlari 2005-
yildagi Oliy Majlis Palatalarining qo'shma majlisida Prezident tomonidan
ko'rsatib o'tildi.
Ma'ruzada O'zbekiston tashqi siyosatining mazmuni, maqsa- di bitta u ham
bo'lsa, O'zbekiston manfaatidir, deb alohida qayd qilindi. Hamda
O'zbekistonning xavfsizligi Markaziy Osiyodagi tinchlik va barqarorlikka,
qo'shni davlatlardagi ahvolga bog'liqligi, O'zbekistonning xavfsizligini
ta'minlash yo'lida xalqaro va min- taqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni
kuchaytirish zarurligi e'tirof etildi.
Mudofaa va
xavfsizlikni
ta'minlashda
Qurolli
Kuchlarning
o'rni
Sobiq Ittifoq davlati - SSSR o'zining ko'plab salbiy
jihatlari bilan birga, eng kuchli qurolli kuchlarga ega
davlat edi. Uning qismlari butun ittifoq hududida,
jumladan, O'zbekiston hududida ham joylashtirilgan
bo'lib, SSSR tugatilganidan so'ng Qurolli Kuchlarda ham
boshqaruv, intizom barbod bo'lib, turli tahdid- lar
kuchayib borayotgan vaqtda O'zbekistonning o'z
mudofaa vazirligini va joylarda qo'mondonlik
tuzilmalarini shakllantirish o'z vaqtida qabul qilingan va
to'g'ri bo'lgan qaror edi.
Chunki, mustaqillikni saqlash xavfsizlikni saqlash bilan
bog'- liq bo'lib, ularni saqlashda Qurolli Kuchlar asosiy va
hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Undan keyingi muhim qadam Qurolli kuchlarning
mavjudli- gi, vazifasining Konstitutsiyada
mustahkamlanishi bo'ldi. Natijada Qurolli kuchlar
Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ular- ning
ahamiyatini ko'rsatadi.
|